TUMAN KENGAŞI DEPUTATI ÖZ SAYLOVÇILAPI BILAN UÇPAŞDI
Amudaryo tumanida barça sohalarda qölga kiritilayotgan yutuqlarda Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlarining ham hissalari katta . Ayni kunda 30 nafar deputatning barçasi ham öz saylovçilari işonçini qozonişga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlaş yölida olib borilayotgan bunyodkorlik işlariga özlarining munosib hissalarini qöşişga bel boşlagan el fidoyilari hisoblanadilar.
Nomzodi Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan körsatilgan Paşid Yeplapasov deputatlikka saylangan kunidan boşlab öz faoliyatini Özbekiston Pespublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi Qonuni asosida taşkil etişga harakat qildi. U şu ötgan davr mobaynida 21-Özbekiston saylov okrugi saylovçilari bilan doimiy ravişda uçraşuvlar ötkazib, ularning muammolarini hal etişga erişib kelmoqda.
P.Yerlapasov öz saylovçilarining muammoli masalalari yuzasidan tumandagi köpçilik korxona, taşkilot va muassasalar rahbarlariga deputatlik sörovlarini yuborib, bu muammolarning ijobiy hal etilişiga muvaffaq bölgan.
Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Paşid Yerlapasovning öz saylovçilari bilan navbatdagi uçraşuvi joriy yilning 5-iyul kuni Kuyukköpir ovulidagi “Qizilçoli” mahalla fuqarolar yiğinida ötkazilib, unda 28 nafar saylovçi iştirok etdi.
P.Yerlapasov öz saylovçilariga deputat sifatida amalga oşirilayotganişlari yuzasidan axborot berdi.

Saylovçilar bu galgi uçraşuvda tuman Kengaşi deputati P.Yerlapasovdan mahalla hududida joylaşgan “Savatçi bobo” qabristonini obodonlaştiriş masalasida yordam körsatişni iltimos qildilar. Şu masala yuzasidan saylovçilar Jumamurod Abdullayev, Bahodir Sodiqov, Amin Nurimov, Komil Sobirov, Jumaboy Hidoyatov va Hayitgul Örinboyevalar sözga çiqdilar.
Şundan söng deputat Paşid Yerlapasov sözga çiqib, saylovçilarning taklif va iltimoslarini amalga oşiriş uçun özining barça imkoniyatlarini safarbar etişini maʼlum qildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶