XITOY OVULI KEKSALAPI XIVA ŞAHPIGA SAYoHATGA OLIB BOPILDI
Yurtimizda keksalarni eʼzozlaşga , ularning munosib şaroitlarda yaşaşi va dam olişini taʼminlaşga , keksalik davrini ham öziga xos mazmunli ötkazişlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yaqinda Xitoy ovul fuqarolar yiğini oqsoqoli Davlatboy Otajonov ovul hududida yaşovçi bir guruh keksalarning qadimiy va hamişa navqiron Xiva şahriga sayohatini taşkil etdi. Sayohatçilar orasida taʼlim va tibbiyot faxriylari, tumanimiz qişloq xöjaligi rivojiga munosib hissa qöşgan kişilar bor. Ular dastlab Xiva şahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildilar, sayohatçilar uçun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib , köngilli dam oldilar.

Xorazm diyorida özbek milliy sanʼati rivojiga munosib hissa qöşib, ölmas qöşiqlarni meros qilib qoldirgan sohir ovoz sohiblari ötişgan.Ularning yaratgan qöşiqlarini bugungi avlod vakillari ham sevib tinglaydilar va zavq oladilar. Komiljon Otaniyozov ham ( joylari jannatda bölsin!) öz qöşiqlari bilan xalqimiz qalbida mangu barhayot yaşayotgan hofizlardan biridir. Ayniqsa keksa avlod vakillari uning qöşiqlarini sevib tinglaydilar, hayotidagi hofizni köriş baxtiga sazovor bölgan damlarini umridagi eng yorqin lahzalar sifatida qadrlaydilar. Şu boisdan ham xitoylik keksalar özlarining sayohatini Urganç tumanidagi Imorat bobo qabristoniga borib, maşhur hofiz Komiljon Otaniyozov qabrini ziyorat qiliş bilan davom ettirdilar.Şuningdek, Şovot tumanidagi yurtdoşlarimiz Ulli pir deb ham ataydigan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohida ham bölişib, uluğ bobokalonimiz haqiga fotiha qildilar.

- Sayohat har birimiz uçun ham juda köngilli ötdi. Taşkilotçi Davlatboy Otajonovdan juda minnatdor böldik,- deydi sayohatçilarning biri Farhod Avezov.
Yurgan- daryo, deydi xalqimiz. Yurtimizning har bir hududida sayohat qilişga arzigulik maskanlar köp. Ularni köriş , biliş keksa-yu yoş uçun birday zavqlidir.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶