Jamiyat
👁 494
Arxitektura-şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş böyiça faoliyatni litsenziyalaş endilikda Davlat xizmatlari markazlarida amalga oşiriladi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi 381-son "Quriliş sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş va akkreditatsiya qiliş töğrisida" qarori bilan “Arxitektura-şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqiş böyiça faoliyatni litsenziyalaş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida maʼlum qilindi.
Nizomga muvofiq, litsenziya oliş uçun Davlat xizmatlari markazlariga özi kelib murojaat qilinadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida röyxatdan ötiladi.
Sörovnoma töldiriladi hamda unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
• soha böyiça maʼlumotga ega bölgan muhandislar va loyiha arxitektorlari, boş hamda yetakçi mutaxassislar diplomlari;
• korxonaga işga qabul qilinganlik töğrisidagi buyruqlar nusxalari;
• zarur bino-inşoot hamda asbob-uskunalar va inventarning talabgorga tegişliligini tasdiqlovçi hujjatlarning nusxalari.
Davlat xizmatlarini körsatilganligi uçun eng kam oylik iş haqining uç baravari miqdorida yiğim undiriladi.
Sörovnoma töldirilganidan söng Davlat xizmatlari markazlari bir soatda uni Quriliş vazirligiga yuboradi.
Quriliş vazirligi sörovnoma tuşganidan boşlab 7 iş kunida litsenziya beriş uçun hisobvaraq-fakturani litsenziya berişning davlat bojini körsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.
Talabgor bir oyda davlat bojini tölaşi lozim.
Quriliş vazirligi davlat boji tölanganidan söng bir iş kunida litsenziyani elektron şaklda rasmiylaştiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi litsenziya tuşganidan söng 10 minutda uni talabgorga yuboradi.
Sanjar Jumaniyozov, Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazlari boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶