Amudaryolik yoş ijodkor “Yagonasan, muqaddas Vatan!” tanlovining Qoraqalpoğiston bosqiçida 3-örin ğolibi böldi
Anʼanaviy tarzda har yili ötkazib kelinayotgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika körik-tanlovi Vatanga sadoqatni, yurtimizda hukm surayotgan tinç va osoyişta hayot, millatlaro döstlik va hamjihatlik, şukronalikni tarannum etuvçi kuy va qöşiqlar yaratilişiga, yoş va yangi isteʼdodlarni kaşf etişga keng imkoniyat yaratmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida tumanda ham keng miqyosda ötkazilib kelinayotgan mazkur tanlovda turli yoşdagi iqtidorli ijodkorlar öz ijod namunalari bilan qatnaşib kelmoqda.
16-iyul kuni Nukus şahrida bölib ötgan tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida tumanda 1-örin ğolibligini qölga kiritgan yoş isteʼdod egasi, “Qiliçboy” madaniyat markazining doira tögaragi rahbari Doniyor Bobojonov ham iştirok etdi. Yoş, janr va boşqa çegaralar belgilanmagan, ona Vatanni madh etuvçi qöşiqlar yaratilişiga imkoniyat beriş maqsadida taşkil etilib kelinayotgan mazkur körik-tanlovda u “Özbekiston Vatanim” nomli qöşiğini ijro etdi va Respublika bosqiçining 3-örin ğolibligini qölga kiritdi.

Amudaryolik yoş ijodkor D.Bobojonov körik-tanlov ğoliblari qatorida Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶