“Gulzor” mahallasida istiqlol bayramimizni munosib kutib olişga qizğin hozirlik körilmoqda
Eng uluğ, eng aziz bölgan istiqlol ayyomi arafasida mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yöliga yana bir bor nazar taşlab, amalga oşirilgan işlar, qölga kiritilgan ulkan natijalarni baholaş, ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş, ularga bayramona kayfiyat ulaşiş ğoyat muhim sanaladi. Bayram munosabati bilan bu borada zarur çora-tadbirlar belgilab olinadi va mustaqillik şarafiga keng kölamdagi bunyodkorlik hamda obodonçilik işlari ham amalga oşiriladi.
Şu kunlarda xalqimiz Vatanimizning köp asrlik şonli tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etiş yölini oçib bergan buyuk tarixiy voqea – Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligini munosib kutib oliş va tantanali ravişda nişonlaş uçun har tomonlama qizğin tayyorgarlik körmoqda. Barça tuman va şaharlarda, qişloqlarda aholining barça qatlami töyga öziga xos töyona tayyorlamoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi Qarorida taʼkidlanganidek, “Bugungi kunda yurtimizda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlaş, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettiriş, uning xalqaro maydondagi obrö-eʼtiborini yuksaltiriş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Biz uçun ustuvor ahamiyatga ega bölgan vazifalar – aholining hayot darajasi va sifatini yaxşilaş, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat oçib beriş, yoşlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va ğamxörlik körsatişga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatçilik tomonidan ham eʼtirof etilmoqda.” Darhaqiqat bu yurtimizning har bir fuqarosiga ğurur va iftixor, hayotdan mamnunlik tuyğularini baxş etmoqda.
Obod mahallalardan biri “Gulzor” mahallasida ana şu eng uluğ va eng aziz bayramimizni munosib kutib olişga qizğin hozirlik körilmoqda. Mahallada obodonçilik işlari avj pallada. Şuningdek, mustaqillik bayrami arafasida rang-barang tadbirlar ötkazilmoqda. Mahalla faollari barça tadbirlarda iştiyoq va xuşnudlik bilan kötarinki ruhda iştirok etişmoqda. Nuroniylarning boş-qoşligida bajarilayotgan obodonlaştirişlar tufayli hududga yanada fayz kirmoqda.
Tumanda mustaqillik yillarida bunyod bölgan mahallalardan bölgan “Gulzor” mahallasida bugungi kunda 625 xonadon bölib, ularda 812 oila yaşaydi. Mahalla hududidagi 8 ta köçaga joylaşgan xonadonlardagi aholi soni 3 ming 646 nafarni taşkil qiladi.
Ayni kunlarda mahalladagi “Istiqlol”, Avaz Ötar, Uyğun nomli köçalarga toş yotqizilmoqda. “Obod turmuş”, Ogahiy va Usmon Nosir nomli köçalarda esa uylarning fasadlari qayta taʼmirlandi. Ayni kunlarda uşbu köçalarga tungi çiroqlar örnatilmoqda.
Aholi farovon hayot keçirişi uçun barça xonadonlarga sifatli tabiiy gaz va elektr taʼminoti, vodoprovod tarmoqlari orqali keladigan toza suv yetkazib berilgan bölib, ulardan beminnat foydalanilib kelinmoqda. Hududda joylaşgan sartaroşxona, 1 ta tozalangan suv yetkaziş, 2 ta avtomobil taʼmirlaş va yuviş, 4 ta umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, “Akfa” romlari va eşiklar tayyorlaş tsexi, 2 ta töyxona, oziq-ovqat mahsulotlari, pişiriq va şirinliklar, kantselyariya va kiyim-keçak savdosi dökonlari nafaqat mahalla, balki tuman ahliga ham xizmat körsatib kelmoqda. Fuqarolar yiğini binosida tuman hokimligi va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati tomonidan taşkil qilingan “Xalq kutubxonasi” esa keksa-yu yoş kitobxonlar uçun eng sevimli maskanga aylangan bölib, u yerda mahalla ahli mutolaa bilan şuğullanişmoqda. Kutubxonaga tez-tez taşrif buyurayotgan kitobxonlar maʼnaviyatini boyitib, madaniy hordiq çiqarişmoqda.
Fuqarolar yiğini raisining Yoşlar masalalari böyiça örinbosari Abbos Safarboyev boşçiligida mahalla yoşlari futbol böyiça “Mahalla kubogi” uçun ötkazilgan musobaqalarning barça bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritdilar va ayni kunlarda mahalla futbol jamoasi final bosqiç musobaqalariga tayyorgarlik körişayapti. Mahallada bayramlar munosabati bilan yakka-yolğiz yaşovçi va keksalar holidan xabar olinadi, ularga sovğalar beriladi. Faollardan Saʼdulla Eşmurodov, Madrahim Ollamberganov, Bahodir Avezov, Gulmirza Yermetov, Ikrom Sariboyevlar doim har xil taşabbus bilan çiqib, barçani xayrli işlarga undaşadi. Mahalladagi nuroniylar Tiluvboy aka va Gulçehra opa Abdullayevlar, Qurbongul opa Şomurodova, Örinboy aka Sodiqovlar doim yoşlar va yoş oilalarga ibrat, maslakdoş bölib yaşab kelişayapti.
Fayzli va obod göşada yaşayotgan “Gulzor” mahallasi ahlining xotiri jam. Ular mahallada amalga oşirilayotgan yaratuvçanlik va bunyodkorlik işlaridan mamnun. Xotirjam va öz turmuşidan köngli tölib yaşayotgan kişilarning esa hayoti fayzli ötadi, işida baraka böladi. Bularning bari mustaqil Özbekistonimizda insonlarning hayotdan rozi bölib yaşaşlari uçun yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli hamda hukm surayotgan tinç va osuda hayot, millatlararo döstlik va hamjihatlikning şarofati, deya işonç bilan aytiş mumkin.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶