ÖzMTDP tuman Kengaşining navbatdagi XII Plenumi ötkazildi
Tuman hokimligining kiçik majlislar zalida Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşining navbatdagi XII Plenumi bölib ötdi.
26-iyul kuni ötkazilgan Plenumda Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi xodimlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati M.Ahmedova, ÖzMTDP Qoraqalpoğiston Kengaşi Ijroiya Qömitasining Xotin-qizlar bilan işlaş böyiça yetakçi mutaxassisi Aygul Oteniyazova, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, boşlanğiç partiya taşkilotlari yetakçilari, partiya faollari hamda OAV vakillari iştirok etdilar.
Plenumni Qoraqalpoğiston Respublikasi Joqarği Kengesi deputati Maryam Ahmedova oçdi va olib bordi.
Kun tartibida partiyaning tuman Kengaşi va deputatlik guruhining ötgan 6 oy davomidagi faoliyati yakunlari hamda ikkinçi yarim yillikda bajarilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar asosiy masala qilib belgilab olindi. Bu böyiça sözga çiqqanlar partiya saylovoldi Platformasida belgilangan vazifalar ijrosi, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini röyobga çiqariş, elektorat manfaatlarini himoya qiliş borasida muhim qarorlar qabul qiliş kabilar töğrisida söz yuritdilar. Şuningdek, partiya tizimida fuqarolar, saylovçilar va elektorat bilan oçiq muloqotni yölga qöyişning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilinişi kerakligi, ana şu muhim işda partiya guruhlari aʼzolarining faol iştiroki taʼminlanişi lozimligi taʼkidlandi.
Hisobot maʼruzasida uyuşmagan yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş, “Ustoz-şogird” anʼanalarini rivojlantiriş maqsadida mahallalarda istiqomat qilayotgan uyuşmagan yoşlar, kam taʼminlangan oilalar farzandlari, nogironligi bölgan, vaqtinça işsiz xotin-qizlar uçun qöşimça bepul kasb-hunarga örgatiş böyiça “Xizmat - beminnat” loyihasi doirasida ötgan 6 oy davomida tuman böyiça 10 ta bepul öquv kurslari taşkil qilingani, öquv kurslarida 60 nafarga yaqin uyuşmagan yoşlar va xotin-qizlarga qöşimça bepul kasb-hunar örgatilgani, “Uyma-uy” loyihasi doirasida ötgan davrda jami 35 dan ziyod xonadonlarga taşrif buyurilgani, uçraşuvlar natijasida 10 nafarga yaqin yoşlar va xotin-qizlar işga joylaştirilgani, şuningdek, bir qança yoşlar va xotin-qizlarga imtiyozli kredit olinişiga amaliy yordam körsatilganiga keng töxtalib ötildi.

Ötgan davr mobaynida fuqarolar tomonidan partiya tuman Kengaşiga jami 35 murojaat kelib tuşganligi, asosan soğliqni saqlaş, bandlik, bank kreditlari, kommunal tölovlar va boşqa sohalar böyiça kelib tuşgan murojaatlardan 28 tasi ijobiy hal qilingani, 6 tasi böyiça huquqiy maslahat berilgani, 1 tasi esa örganib çiqiş uçun tegişli taşkilotlarga yuborilganligi haqida hisobot berildi.
Elektorat manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Jöqorği Kenges va xalq deputatlari tuman Kengaşiga ÖzMTDPdan saylangan deputatlar 13 ta deputatlik sörovi amalga oşirilgan, partiya deputatlik guruhi tomonidan 4 nafar mansabdor şaxslarning hisobotlari tinglangani, tuman Kengaşi sessiyalariga 2 ta masala kiritilgani aytib ötildi.
Plenumda bu körsatkiçlar ÖzMTDP guruhlarining davlat va jamiyat hayotiga oid masalalarni hal qilişida yetarli emasligi, deputatlar öz vakolatlaridan samarali foydalangan holda taşabbuskorlikni yanada oşirişlari lozimligi haqida söz yuritildi.
Plenum sönggida partiya safiga yangidan aʼzolar qabul qilindi. Ötgan 6 oy davomida deputatlik faoliyatida yaxşi natijalarga erişganligi uçun Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari Gulmirza Bobojonov, Rimboy Örozboyevlarga partiyaning Qoraqalpoğiston Kengaşi tomonidan tayyorlangan faxriy yorliqlar topşirildi.
Kun tartibidagi masalalar töliq körib çiqildi va tegişli qarorlar qabul qilindi.

Yulduz Örinboyeva,
ÖzMTDP tuman Kengaşi yetakçi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶