AYoL SAODATI
“Çiroq olib yurib, boşqalarning yölini yoritgan odamning özi ham şu yoruğlikda yaqqol körinadi”. Faylasufning uşbu fikrlari mening nazarimda umr böyi yoş avlod qalbiga ziyo taratib, kasbidan obrö-eʼtibor qozongan, şogirdlari kamoli tufayli eʼzoz topgan insonlar şaʼniga aytilganday.
Ha, öqituvçilik şunday kasbki, bolalarni ilm dunyosi sari yetaklab, harf örgatgan, oq-qorani tanitgan insonlarning maşaqqatli mehnatlari samarasi öqitgan öquvçilari kamolida aks etadi, ularning har bir erişgan yutuqlari timsolida ustozlari şaʼni yuksalaveradi.
Ehtimol, şuning uçundir, pensiyaga çiqqaniga 30-yildan oşsada, Manğit şahrining Boyovul mahallasida istiqomat qiluvçi taʼlim faxriysi Valentina Petrovna Kuznetsovani taʼlim bergan öquvçilari hozirgaça yöqlab turişlari, yaxşi kunlarida qönğiroq qilib qutlab qöyişlari?
Valentina Petrovna Kuznetsova! 85 yoşlik nuroniy, iliq çehrali bu onaxonni şunday ataş, menimça biroz noqulaydek. Boisi, u aslida sobiq SSSRga qaraşli Mordova ASSRda tuğilib, voyaga yetgan bölsa-da, allaqaçonlar haqiqiy manğitlik bölib, şu yerda tomir otgan – ona, qaynona, quda, çeça, kelin, momo, ena. Mahalladoşlari unga Valya opa, Valya momo deya murojaat qilişadi. Onaxonning taqdiridan bexabar odam uning özini tutişidan, muomalasidan asl şu yer farzandi, deb öylaydi.
1952-yil Valentina ayni 18 yoşga tölgan gulgun qiz bölgan, Içalovsk tumanidagi pedagogika bilim yurtini tugatib, qöliga muallimlik diplomini olgan vaqtida uni yöllanma bilan Xorazm viloyatiga, boşlanğiç sinf öqituvçisi qilib işga jönatişadi. Xorazm viloyati xalq maorifi bölimi yöllanmasi bilan esa avval Gurlan tumanidagi Kaganoviç nomli 7 yillik maktabga rus tili öqituvçisi qilib tayinlanadi. 1956-yildan Manğitdagi Strelkov nomli (hozirgi 1-sonli) maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi, 1957-yildan esa hozirgi 30-sonli maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işlay boşlaydi.
Hayotda haqiqiy bir döstni topiş katta yutuq, ikki döstni topiş – juda ham katta yutuq, uçta döstni topiş muşkul, deyişadi.
Taqdirning inʼomini qarangki, Valentina Manğitga kelib bir, ikki emas, balki, köplab haqiqiy döst topdi, nainki döst – umrlik hamrohini ham topdi. Uning 1956-yilda manğitlik Ismoil Kamolov bilan taqdiri boğlandi, uç öğil, ikki nafar qizning onasi, ham qattiqqöl, ham adolatli va mehrli, oddiy sözlarni ham maqolmatallar bilan bezab gapiradigan, sözga çeçan Örozgul momoga örtança kelin bölgan rus qizi yangi oilada esankirab qolmadi. Örozgul momo qaynonagina emas, bolaligida onasidan erta ayrilib, mehrga taşna bölib ösgan qizga öz onasiday suyançiq böldi.
Bilmaganlarini örgatdi, özi borgan davralarga ergaştirib borib, milliy urf-odatlarimiz, öz mentalitetimizga xos anʼanalar bilan taniştirdi, köp ötmay haqiqiy manğitlik kelinga aylandi. Örozgul momo uning ikki farzandli vaqtida Nukus Davlat pedagogika institutida sirtdan öqib, oliy maʼlumotli pedagog bölişiga ham sababçi böldi.
– Qaynonam rahmatlik meni özga millat vakili sifatida qaraganlarga “şu öris kelinimni yuz özbek kelinga alişmayman”, derdilar, – deydi Valentina Petrovna.
Ha, köpni körgan, Manğitning kayvoni onaxonlaridan biri Örozgul momo rus kelinini öz qiziday suyib, köngliga yaqin olgani, biron marta ovozini kötarib daşnom bermagani, ikki özbek kelini böla turib, şu öris kelinni qölida olib qolib, hayotining sönggi lahzalarigaça uni duo qilib yaşagani köpçilikka maʼlum. Albatta, bunday hurmat, eʼtiborni qozonişning özi bölmaydi. Manğitlik kelin bölişni qoyillatib, batartib xonadonning uy yumuşlarini risoladagiday ado etgan muallima kelinning mehnat jamoasida ham örni alohida edi.
Oiladagi qöllab-quvvatlaş bois, Valentina Petrovna maktabda jon-jahdi bilan, butun iqtidorini sarflab işladi. Natijada avval maktabda direktor örinbosari, 1971-yildan 1989-yilgaça esa direktor bölib işladi. 1989-yildan beri nafaqada.
Onaxon 85 yoşni qoralab qöygan bölsa-da, keksaydim, deb qölini qovuştirib ötirmaydi. Har kuni saharlab tomorqasini aylanadi, moliga, tovuqlariga yemiş taşlaydi, tomorqada qilinişi kerak bölgan işlarni rejalaştiradi va bolalariga aytadi, yöl-yöriq beradi, rus milliy taomlarini pişirib ham turadi.
Onaxonning hozir tönğiç qizi (joylari jannatdan bölsin!), uç nafar öğillaridan 15 nafar nevarasi, 22 nafar evarasi, qator nevara kelinlari bor. Katta öğil – Farhod Manğit radiotelevizion stantsiyasi boş muhandisi, Şuhrat – mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti tuman Kengaşi raisi, Marat – tuman telekommunikatsiya tarmoğida montyor. Nevaralarning kattalari ham öqib, kasb-korli bölib, hayotda öz örinlarini topişdi.
Hozir ularning bari xonadoniga yiğilgan damlarda göyo bayramday, töyday bölib ketadi. Axir diydordan ham aziz lahzalar böladimi?
Turmuş örtoği Ismoil Kamolov erta vafot etgani sababli farzandlar tarbiyasida, ularni oyoqqa qöyişda çekkan zahmatlaridan onaxon heç qaçon gapirmaydi, nolimaydi. Aksinça, şunday ahil, aqlli farzandlari, kelinlari, nevaralari borligidan quvonib sözlaydi.
Yaxşi farzandlarning onasi – ikki dunyoning ham hurmatlisidir, degan gap bor xalqimizda. Agar şu maʼnoda olib qaraydigan bölsak, farzandlariga ham ota, ham ona bölib, el koriga yaraydigan insonlar qilib voyaga yetkazgan, hayotda öz örinlarini topişiga erişgan Valentina Petrovnani haqiqiy pir-u badavlat, baxtiyor onaxon, deya ataşga haqlimiz. Çindan-da özga yurtda tuğilib ösgan, turmuş tarzi, tili özgaça bölgan qizning Manğitga el bölib, yana bir kayvoni, tutumli oilaga sevimli kelin bölib palak yoyganining, qöni-qöşni, mahalladoşlari, kasbdoşlari orasida şunçalik obrö-eʼtibor qozonganining özi baxtiyorlik emasmi? “Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi” bölgan onaxon turli yillarda uç marta xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati bölib ham saylangan. Joriy yilda esa Yurtboşimiz Ş.Mirziyoyev Farmoniga köra, uçinçi darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan ham taqdirlandilar.
Ana şunday saodatli umr yölini bosib ötgan onaxonning mehnatlarining roha-tini körib, yana ham uzoq umr körişini tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶