MEHR BERIB, MEHR KÖRMAGAN ONA
(Bölgan voqea)
Eşikka qarab yotaverişdan Qumri xolaning toqati-toq böldi...
Yozning örtasi bölsa ham keçasi bilan tinmay yomğir yoğdi. Derazaga yomğir tomçilarining çirsillib urilişi xuddi musiqa tovuşlari kabi yoqimli edi.
U taşqariga çiqib, yomğir yoğişini kuzatgisi keldi. Ammo taqdir hukmi, Qumri xola bir neça yildan beri töşakka mixlangan. Yomğir tomçilariga öxşab, uning köz yoşlari duv-duv tökildi.
U bolalarini juda soğingandi. Köz oldiga yoşligi, zabardast erkaklardek kuç-quvvatga tölgan, suqsurday epçil-çaqqon yurişlari kelaverdi. Özining holiga özi açindi.
– Qayerda adaşdim, qayerda xato qildim? Hamma oğirlikni yelkamga olaverib, bolalarimni taltaytirib yubordimmi? Nega farzandlarim bemehr, nega?
Xola yiğlay-yiğlay ovozi çiqmay qoldi. Yoz issiğidan böğriqib yötal tutar, nafas olişi qiyinlaşib, oğzini katta oçar edi...
Zumrad bugun tuşlikni ertaroq tayyorladi. Uy-rözğor taşvişlari bilan bölib uç kundirki, Qumri xolanikiga ahvolini sörab çiqolmayapti. Qöşnilari bir-biriga mehrli, tez-tez Qumri xolanikiga çiqib turişadi. Zumrad bir kosa ovqat olib xolanikiga çiqdi.
– Zumrad... Zumrad..., – xola Zumradni körib yiğladi, – mana şu oyoqlarim yurmayapti.
Zumrad xolaning ahvoli oğirlaşib qolganligini bilmagan edi.
– Xolajon, albatta, yuradi. Bugun bölmasa, ertaga yuradi. – Zumrad xolani quçoqlab, tinçlantirişga urindi. Uning sanalib qolgan qovur-ğalari-yu, börtib çiqqan yelka suyaklarini silayotib, Zumrad birdan seskanib ketdi. “Bunça ozğin beçora, faqat suyak bölib qolibdi-ya! Farzandlariga xabar beriş kerakmikan?” – deb öyladi.
Uy ham ançadan beri tozalanmaganligidan şiftlarga örgimçaklar in qurib taşlagan, deraza burçaklarini ham egallab olgan edi. Xolaning yuz-qöllarini yuvdirib, oldiga ovqatini qöyarkan:
– Siz bemalol ovqatlana-vering, men xonalarni tozalab çiqaman, – dedi.
Zumrad yeng şimarib uy tozalaşga kirişib ketdi. Bir pasda hamma yoqni çinnidek qilib bölganidan keyin xolaning yaqin qarindoşlarini xabardor qilişga qaror qildi.
Qumri xolaning yolğiz öğli va qizi Rossiya davlatiga işlagani ketganiga ança böldi. Öğlini kuzatib qolganida soğligi juda yaxşi edi. Vaqtida davolanmaganligidan kasallik zöraydi va töşakda yotib qoldi... Uzoq qarindoşlari ham Zumrad ogohlantirganligi uçun Qumri xolanikida yaşay boşlaşdi.
Jazirama issiq tanani kuydiradi. Tirik jon borki, özini soya-salqin yerga uradi. Ana şunday jazirama, saraton kunlarining birida Qumri xola vafot etdi. Bir zumda qöni-qöşnilar, qarindoş-uruğlar yiğildilar. Janozaga kelgan odamlar juda köp böldi. Ular Qumri xola hayotda orttirgan qadrdonlari edi. Mahalla ahli Qumri xolani sönggi manzilga kuzatdilar. Tobut yerdan kötarildi. Ammo, ammo... tobut ortida “onajon!” deb uvvos solib yiğlaydigan na öğil, na qiz farzandi bölmadi şu kuni. Tobutga qöni-qöşnilar yelkalarini navbatma-navbat tutdilar... Bemehr öğil bilan qiz uçinçi kuni yetib kelişdi va şunday afsus-nadomat bilan yiğlaşdiki, ularni körganlarning biri açinsa, boşqa biri:
– Onani xörlaganning yuzi qora, sizlar onangizning duosini olmadingiz, roziligini eşitmadingiz, diydoriga töymadingiz, eng sönggi manzilga kuzatib, farzandlik burçingizni ado qilmadingiz, bu bizning musulmonçiligimizga töğri kelmaydigan iş, – deya bemehr farzandlardan norozi böldi.
Qizi esa onasining qabriga qimmatbaho marmar örnatişini aytib yiğlaganida Zumrad titrab ketdi:
– Onangning qabrini oltinga kömsang ham, uning oldidagi qarzingdan qutulolmaysan, köz yoşlaringga el-yurt işonadi, deb öylaysanmi? – dedi jahl bilan.
Odamlar tarqalişdi. Yolğiz yaşasa-da, hovli-joyini obod qilib, mahallaga mehr berib ötgan, mahalladoşlaridan mehr körgan Qumri xola bilan boğliq xotiralar odamlar bilan birga ketganday, hovli ham huvillab qoldi.
Zuhra AHMEDOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶