28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:40
Maqolalar 👁 806

OILAVIY NIZOLARNING OLDINI OLISh MUMKINMI?

OILAVIY NIZOLARNING OLDINI OLISh MUMKINMI?

Oila – siz-u biz onadan tugʻilib, koʻz ochib koʻrgan dunyomiz, hayrat-u siyratimiz, “men”imiz kamol topgan maskan. Odam ota, Momo havodan qolgan merosimiz u. Tiriklikning yuki ogʻir: oilaga qarash, roʻzgʻorning adogʻi yoʻq kam-u koʻstlarini toʻldirish, shirindan shakar farzandlar kamoli qaygʻusida tongdan shomgacha yelib-yugurasiz, kunni qaritib, horgʻin holatda oilangiz bagʻriga qaytasiz-u, charchogʻingiz zumda yoziladi, taskin topasiz. Ha, oila ana shunday taskinbaxsh makon.

Bir pedagog doʻstim boʻlardi. Har gal oila haqida gap ketganda “9 turli oʻngishiq bor (oilaviy yashash usuli demoqchi) deb eskilar bekorga aytishmagan”derdi. Kasbim taqozosiga koʻra har kuni oilalarni oʻrganaman. Doʻstim haq, deyman ichimda. Tashqaridan qaraganda barcha uylar bir-biriga oʻxshash, pardozi ham, andozi ham birdek goʻyo. Ammo uning ichkarisiga chuqur razm solsangiz, har bir oila oʻzgacha bir dunyo. Oʻz qonun-qoidalari, eʼtiqodi bor. Oiladagi tarbiya, farzandlar odob-axloqi, oʻtirish-turishi, muomala madaniyati, daromad-u buromadi, sarf-u xarajati bir-biridan farqlanadi. Bizdagi aksariyat qishloq oilalari katta oilalardan iborat. Xonadonda oila ichra oila – er-xotin, kelin-kuyov, qayni, bekach, jiyanlar, 10-12 nafar kishi bir qozondan ovqat yeyishadi. Orzu tilagi, dard-u muammosi, intilish-u izlanishi, manfaat-u maslagi bir. Odatda bunday oilalarni ayollar oʻta ehtiyotkorlik, chuqur aql-u zakovat, kezi kelganda mugʻombirlig-u ayyorlik ila mohirona boshqarishadi. Mayli, hiyla ishlatsin, yolgʻon gapirsin, mulozamat qilsin, muhimi, oilada ogʻzibirchilik, hamjihatlik boʻlsin. Aytishadi-ku, yaxshilik yoʻlida qilingan har bir amal savobdir, deb.

Hech kimga sir emas, keyingi vaqtlarda mahallalarda oilaviy nizolar soni keskin oshayotir. Turmush qurganiga 5-10-yil toʻlgan, hatto endigina 1-yil toʻlayotgan oilalarda kelishmovchilik, nizolar uchramoqda. Sabablari turlicha: xarakteri toʻgʻri kelmaganlik, ota-onani siylamaganlik, kasallik, ichkilikbozlik, zoʻravonlik, xiyonat qilish. Oilaviy nizolar boʻyicha mahalla yigʻiniga murojaat qilayotganlar soni oshsa oshayaptiki, kamaymayapti. 2019-yilning shu kunigacha ovul fuqarolar yigʻinida tashkil qilingan Yarashtirish komissiyasi, “Qaynonalar Kengashi” jamoatchilik tuzilmasi, boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti faollari bilan hamkorlikda 6 oilani yarashtirishga erishgan boʻlsak, 2 ta oilada qonuniy tarzda ajralish boʻldi. Biri befarzandlik oqibatida boʻlsa, ikkinchisida 1 norasida tirik yetim qoldi. Buning sababchisi 2 yillik turmushi davomida hali biri-birini tushunib ulgurmagan, turmush neligini anglay olmayotgan yosh er-xotingina emas, ularning tepalarida turgan, oq-qorani tanigan ota-onalari hamdir. Nevarasi ota mehriga zor boʻlib ulgʻayishida ular aybining oʻlchovi bormi? Qarisi bor uyning parisi bor, deyishadi. Yoinki, qari bilganini pari bilmas balki? Biroq har bir yumushni qoʻrquv, hadik va xavotir bilan bajarayotgan kelin xizmatlarini kim alqaydi? Shu xonadon tutumlariga koʻnikib, oʻrganib ketgunicha uni kim suyaydi, xato qilsa kim kechiradi, kim oʻrgatadi!? Albatta, bunda qaynona asosiy rolni bajaruvchidir.

Dilimizga ogʻriq beruvchi nikohdan ajralishlarning yana bir koʻrinishi – xiyonatdir. Hozirgi kunda koʻpchilik oila boshliqlari, yigitlarimiz oʻz halovatidan kechib, oilasini boqish ilinjida oʻzga yurtlarda mehnat qilishayapti. Baʼzi noinsof ayollar boʻlsa, erining bir topganini oʻn joyidan tugib, farzandlarini koʻz qorachigʻiday asrab, tarbiyalab, oʻzga yurtlarda musofir boʻlib yurgan eriga kuch-quvvat, omonlik tilab oʻtirish oʻrniga, xiyonat koʻchasiga kirib qolishmoqda. Qingʻir ishning qiyigʻi qirq yildan soʻng ham bilinadi, deyishadi. Bunday hodisalar qishloq joylarda 3 kunga qolmay bilinadi. Gap yana oʻsha yoshlikda bergan tarbiyaning boʻshligiga borib taqaladi.

Nazarimda nikohdan ajralishlar koʻpayishiga ota-onalarning pedagogik tajribasi, mahorati yetarli boʻlmayotgani ham sabab boʻlayapti. “Oila Kodeksi”ning 2-moddasida “ichki oilaviy masalalar oʻzaro kelishuv yoʻli bilan amalga oshiriladi” deyilgan jumla bor. Oila mustahkamligi avvalo er-xotin, qarindosh-tugʻishganlarning oʻzaro kelishuvida hal boʻladi. Oilani zoʻravonlik, tazyiq oʻtkazish bilan saqlab qolish mumkin emas.

Demak, katta oila bekalari, boʻlgʻusi qaynonalarni ham hozirgi tuman FHDYo boʻlimi qoshida tashkil etilgan “Yosh oila quruvchilar innovatsion maktabi” singari “Qaynonalar maktabi”da oʻqitish – oilalar mustahkamligini taʼminlashga omil boʻlsa ajab emas. Koshki, vaqtlar kelib Yarashtirish komissiyasi aʼzolari oilaviy nizolarni hal qilish oʻrniga innovatsion gʻoyalar, tadbirkorlik, ixtiro va targʻibotlar, namunali oilalar targʻibotchilarga aylanishsa.

Qaldirgʻochning uyasi buzilganida qanday chirqirashini, yana qayta-qayta loy suvab, tiklashga harakat qilishini kuzatganmisiz?! Alloh yaratgan jonzotlar ichida buyugi boʻlmish insonlar ham shunday qilishi kerak. Qayerda ogʻzibirchilik, ahillik, totuvlik, mehr-oqibat, vafo-sadoqat ustunlik qilsa, oʻsha oila poydevori mustahkam boʻladi.

Ziyoda SADADDINOVA,

“Oq oltin” OFY mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026