28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:32
Maqolalar 👁 580

AHIL VA HAMJIHAT OILA

AHIL VA HAMJIHAT OILA

Baxtli va goʻzal oila, farovon hayot yaratish hech bir insonga oson kechmaydi. Oilaviy hayot goʻzal boʻlishi uchun turmushdagi hamrohlarning bir-birini tushunishi, maqsad sari hamjihatlikda intilishi ham muhim oʻrin tutadi va bunday munosabatlar oila ahilligini, osoyishtaligini, mustahkamligini taʼminlaydi.

Har bir oilani alohida olam deb qarasak, undagi insonlarning har birining oʻz dunyosi bor. Har bir oila oʻz tartibi, qonuniyatlari bilan boshqalaridan farq qiladi. Ahillikda hayot kechirayotgan Toʻlqin ovulidagi Qodirboy aka Eshmurodov va Momojon opa Nurimbetovalar ham hech kimnikiga oʻxshamagan ulkan oila saltanatini bunyod etishdi.

Inson hech qachon yolgʻizlikda baxt ham, huzur-halovat ham topa olmaydi. Buni ota-onadan erta judo boʻlgan Qodirboy aka barvaqt anglab yetdi. Singlisi bilan yetaklashib, Qipchoqda yashaydigan yolgʻizgina ammasining uyiga kelganida u maktabni tamomlagan, Nukusdagi Yoʻl qurilishi texnikumida tahsil olayotgan edi. Akasidan qolgan yodgorlarni koʻzida yosh bilan qarshi olgan amma ularni oʻz qaramogʻiga oldi. Birin-ketin voyaga yetayotgan jigarlarining oʻz hayot yoʻllarini, baxtini topib ketishlarini astoydil istadi va imkoni boricha ularga suyanch boʻlishga harakat qildi.

Bu paytda qoʻshni qiz Momojon ham Nukusdagi tibbiyot bilim yurtida hamshiralikka oʻqiyotgan edi. Ammasining mazasi qochganida uylariga kelib ukol qiladigan, tez-tez xabar olib turadigan chaqqon va epligina qiz Qodirboyning nazaridan chetda qolmadi. Baxti mana shu qiz bilan bogʻliqligini his qilib, uning koʻngliga yoʻl topishga urindi. Orada oʻqishini tugatib, Qipchoq kasalxonasining tugʻruq boʻlimida ish boshlagan Momojonning yoshi oʻtgan buvisiga ham, ota-onasiga ham bu bamaʼni yigit juda maʼqul keldi. Ikki tomonning roziligi bilan 1975-yilda toʻy ham boʻlib oʻtdi va yosh oila ammaning xonadonida yashay boshladi. Zimmasidagi masʼuliyati ikki hissa ortgan Qodirboy tumandagi Nasos stantsiyalari boshqarmasiga mashinist boʻlib ishga joylashdi. Momojon esa Qipchoq kasalxonasining tugʻruq boʻlimida ishini davom ettirdi.

Qodirboy oʻzi tugʻilib oʻsgan eliga qaytish istagida Toʻlqin ovuliga oilasi uchun imorat tiklashni lozim topdi. Buni ammasi ham, umr yoʻldoshi Momojon ham maʼqullashdi va ovulning chekka hududidan berilgan yerga uy qura boshlashdi. Bu davrlar Qodirboy aka va Momojon opa uchun turmushlaridagi tashvishli, mashaqqatli davrlar boʻldi. Chunki uy qurilishiga koʻproq mablagʻ topish, buning uchun esa koʻproq ishlash kerak edi. Ketma-ket tugʻilgan bolalar hali kichkina, ularga qarayotgan Momojon opa kasalxonadagi ishi bilan birga dala yumushlariga ham ulgurishga harakat qilardi. U el ogʻzidagi “qaynonali kelin qarqara kelin...” degan iboraning maʼnosini oʻshanda tushunib yetdi. Qaynonasi hayot boʻlganlarida turmushi boshqacha boʻlishini oʻylab, doim armon qildi. Qodirboy aka ham umri qisqa boʻlgan otasining oʻgit-nasihatiga muhtoj boʻlgan paytlarida dunyolarga sigʻmay ketar edi. Biri-biriga suyanib, hayot yoʻllarida davom etgan bu insonlar muammolarni birgalikda yengib oʻtishdi. Qurib bitkazishgan yangi uylarida shukrona aytib, qoʻshaloq – ham sunnat, ham imorat toʻy qilishganida esa barcha tashvishlarini unutishdi.

Yangi uyda yangi hayot boshlagan bu mehnatkash insonlar atrofdagi oʻz-lashtirilmagan yerlarda bogʻu-rogʻlar yaratishni istashdi. Aslo mehnatdan qochishmadi. Ota-onalaridan bu xislatlarni oʻrganib, oʻziga singdirib ulgʻayayotgan farzandlar ham ularga ergashishdi. Yaxshi niyat bilan turli koʻchatlar keltirib oʻtqazishdi va birgalikda parvarishlay boshlashdi. Qisqa fursat ichida tinimsiz mehnat evaziga chiroyli bogʻ yaratildi. Undan qoʻshimcha daromad olib, tobora kattalashayotgan oilasining kam-koʻstiga ishlatishdi. Mehnatining unumini koʻra boshlagan Qodirboy aka Momojon opa bilan maslahatlashib, uylarining atrofidagi har joyida axlat, chiqindi toʻkilib yotgan, tashlandiq yerlarni ham oʻzlashtirishni, obod va fayzli goʻshaga aylantirishni niyat qildi. Bu ezgu niyatini amalga oshirish uchun tegishli joylardan ruxsat ham oldi va 1999-yilda “Tinmas dehqon” fermer xoʻjaligini tashkil etib, ishni boshlab yubordi. Xoʻjalikda asosan paxta yetishtirib, bu boʻyicha rejani birinchi yildayoq ortigʻi bilan uddalashdi. Dala atrofiga ekib chiqishgan terak va turli mevali daraxtlar ham boʻy choʻzib, koʻrgan koʻzni quvnata boshladi. Bundan atrof yanada koʻrkamlashdi.

Mehnatkashligi bilan elda obroʻ topgan bu xonadonda toʻylar boshlandi. Oʻgʻillarini uylantirib, kelinlar tushirishdi, oilalari avvalgidan ham kattalashdi. Dunyoga keltirgan 4 oʻgʻillari tanlagan kelinlarni oʻz qizlariday qabul qilishdi. Kelinlar ham ota-onasidan yaxshi tarbiya olgan, turmushini mustahkamlash uchun har qanday mehnatga tayyor, oila ahilligi, hamjihatligi uchun intiladigan boʻlganligidan oz fursat ichida oilada oʻz oʻrnini topib olishdi. Oʻzining qaynonasiz qiynalgan paytlarini unutmagan Momojon opa kelinlariga har ishda hamdam boʻlishga intildi. Qodirboy aka esa oʻgʻillarining har qanday tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. Unga katta oʻgʻil Mansur ukalari bilan koʻl qazib, baliqchilikni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlganini aytganida farzandlarining intiluvchanligini koʻrib, quvonchi koʻkka yetdi.

Bu ishda oʻgʻillariga koʻmak berishga harakat qildi va tegishli joylardan ruxsat olishgach, zarur texnikalarni topishga yordamlashdi. Ularning bunyodkorlik ishlaridan va yangi tashabbuslaridan xabar topgan oʻsha paytdagi tuman hokimi Rajabboy Yoʻldoshev (oxiratlari obod boʻlsin!) ham imkon boricha sharoit yaratib berdi. Qodirboy akaning oilasi uchun tuman hokimining eʼtibori, gʻamxoʻrligi juda katta ragʻbat boʻldi. Bundan ruhlanib, 1 gektarga yaqin maydonda “Amu koʻli” baliqchilik xoʻjaligini tashkil etishdi. “Tinmas dehqon” fermer xoʻjaligining yerlarida bogʻ yaratish va sabzavot yetishtirishni moʻljallab, alohida “Guljamila”, “Hakimboy”, “Xurshida” nomli dehqon xoʻjaliklarini tashkil etishdi.

Bunday oilaga har qancha havas qilsa arziydi. Ularning bosib oʻtgan umr yoʻllariga qarab turib, farovon va baxtlarga toʻla, shunday goʻzal oilaviy hayotga mehnat, sabr va bardosh bilan erishish mumkinligiga amin boʻlasiz. Demak, umr yoʻllari bir-biriga bogʻlangan turmushdagi hamrohlar oʻrtasida muhabbat bilan birga bir-birini tushunish, maqsad sari hamjihatlikda intilish ham boʻlsa, albatta, saodatli kunlarga yetadi.

Ozoda Xudoyberganova,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026