Tibbiyot birlaşmasida inson huquqlari va mehnat munosabatlari böyiça yiğiliş ötkazildi.
Jamiyatimizda inson huquqlarini himoya qiliş va rağbatlantiriş birlamçi vazifalardan sanaladi. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini özida ifodalagan demokratik oliy maqsadlarni amalga oşiriş, qadriyatlarni çuqur qaror toptiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
2-avgust kuni tuman Tibbiyot birlaşmasida Adliya bölimi va Bandlikka kömaklaşiş markazi hamkorligida inson huquqlari va mehnat munosabatlariga doir qonun hujjatlari, kiritilgan özgartirişlar, ularning mazmun-mohiyatini keng tuşuntiriş va xodimlarning huquqiy ongini, madaniyatini yanada oşiriş maqsadida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda tuman Adliya bölimi boş mutaxassisi J.Bekimbetov va Bandlikka kömaklaşiş markazi mehnat huquqi inspektori P.Şomurodovlar iştirok etdi.

Tibbiyot birlaşmasi xodimlariga Saylov kodeksi, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari töğrisidagi, odam savdosiga qarşi kuraşiş, majburiy mehnatga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonunlar mazmun-mohiyati keng tuşuntirildi. Şuningdek, mazkur qonunlar doirasidagi huquq va majburiyatlar haqida maʼlumot berildi.
Yiğilişda birlaşma xodimlari özlarini qiziqtirgan savollarga töliq va batafsil javoblar olişdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶