“Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi doirasida katta tadbir ötkazildi

“Kamalak” bolalar taşkiloti tomonidan yoz mavsumida bolalarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni soğlom turmuş talablari asosida tarbiyalaş hamda maʼnaviy hordiq çiqarişlarini taşkil etiş maqsadida “Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi doirasida turli tadbirlar ötkazilmoqda.


4-avgust kuni Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan tuman hokimligi, Içki işlar bölimi, Madaniyat bölimi, Xalq taʼlimi bölimi hamkorligida Manğit madaniyat va istirohat boğida “Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi doirasida “Bolalarga bering dunyoni!” şiori ostida tuman yoşlari uçun katta tadbir taşkillaştirildi. Yozgi taʼtilda dam oliş oromgohlariga qamrab olinmagan bolalarning dam olişlarini yuqori saviyada taşkil qiliş, böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida taşkil etilgan tadbirga Qoraqalpoğiston Pespublikasi sardorlar Kengaşi aʼzolari taşrif buyurişdi.


Loyiha doirasida tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Şuningdek, sardorlar Kengaşi aʼzolari iştirokida ommaviy sport va qiziqarli viktorina öyinlari ötkazildi.
Tadbir yoşlarda katta taassurot qoldirdi.

O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶