25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:41
Jamiyat 👁 570

QANGLI OVULI OBOD GOʻShAGA AYLANMOQDA

QANGLI OVULI OBOD GOʻShAGA AYLANMOQDA

Mustaqillik yillarida aholi turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolarning oʻz hayotlaridan rozi boʻlib yashashlariga erishish, ovul, mahallalarda uyma-uy yurish orqali turmushlaridagi muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish, intilishlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor mamlakatimizning chekka-chekka hududlarida ham oʻz aksini topmoqda.

Turkmaniston davlati bilan chegara hududda joylashgan Qangli ovulida 3345 nafar aholi istiqomat qiladi. Shuning 3127 nafari oʻzbek, 89 nafari qozoq, 30 nafari qoraqalpoq, 96 nafari turkman, shuningdek, tatar, qirgʻiz millatiga mansub aholi istiqomat qiladi.

Azal-azaldan shu hududda yashab kelayotgan turli millat vakillarining toʻyi, maʼrakasi, quvonchi-shodligi bir, bir oila farzandlariday ahil, inoq  yashab kelishmoqda.

Ovuldagi mehnatga yaroqli 1730 nafar aholining 1169 nafari iqtisodiyot tarmoqlarida, 18 nafari kichik korxonalarda, 181 nafari taʼlim muassasalarida, 60 nafari sogʻliqni saqlash muassasalarida, 4 nafari madaniyat muassasalarida mehnat qilishadi. Shuningdek, 45 nafar odam qurilish sohasida ishlaydi, uy mehnatida band boʻlganlar soni esa 75 nafarni tashkil etadi.

Mehnatga layoqatli, vaqtincha ishsiz 568 nafar aholini ish bilan taʼminlash, oilalarida daromad manbalarini yaratishlariga erishish maqsadida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilayapti.

Ovul aholisining 106 gektarlik tomorqa yer maydoni oilalar iqtisodi yuksalishiga sezilarli taʼsir koʻrsatayotgan manbadir. Ular turli qishloq xoʻjalik ekinlarini barvaqt yetishtirib, oʻz oilasi ehtiyojidan ortganini bozorga olib chiqib sotib, elimiz dasturxoni toʻkinligiga ham munosib hissa qoʻshishayotir.

Shuningdek, aholining 1618 bosh qoramoli, 76 bosh qoʻy-echkilari, 6500dan ziyod parrandalari ham daromadlari koʻpayishiga, turmushi farovonlashuviga asos boʻlayotir. Shundandir, 138 nafar aholi oʻz shaxsiy texnika vositalariga ega, bir-biridan fayzli koʻchalardagi deyarli barcha uy-joylar zamonaviy uslubda taʼmirlangan obodonlashtirilgan, koʻkalamzorlashtirilgan.

Ovul hududida 67- va 29-sonli maktablar, 44-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida aholi farzandlari taʼlim-tarbiya olishadi. Shuningdek, Qangli MMTP, Qangli QVP, Qangli madaniyat uyi, Xonjigʻali biolaboratoriyasi, Quyi Qipchoq SIU va 18 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritadi.

Bugungi kunda ovul aholisiga 1 ta “Amudaryotutinuv” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli, 9 ta xususiy doʻkonlar, 1 ta goʻsht sotiladigan doʻkon, 3 ta stadionlar, 3 ta sport maydonchalari, 8 ta maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalari, shundan 5 ta tikuvchilik tsexi, 3 ta xarazlar xizmat koʻrsatmoqda.

Maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya ishlarining yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi, aholi orasida sogʻlom turmush tarzi keng targʻib qilinganligi qoʻshni-qoʻshnilar, qarindoshlar orasida oʻzaro mehr-oqibat barqarorligiga erishilgan. Natijada tufayli ovul hayoti tinch-osoyishta. Hudud joriy yil boshidan beri tumanimizning jinoyatchilikdan holi hududlaridan hisoblanadi.

Ovuldagi taʼlim-tarbiya muassasalarida oʻquvchi yoshlarning zamonaviy ilmlarni puxta egallashlariga eʼtibor berilayotganligi va ishsiz yoshlar orasida sogʻlom turmush kechirish ahamiyati keng targʻib etilayotganligi oʻz samarasini berayapti.

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligini munosib kutib olish va nishonlashga qangliliklar ham oʻzgacha shijoat bilan kirishayapti. Koʻchalar, hovli-joylar atroflari obodonlashtirilib, oʻzgacha chiroy ochmoqda. Ha, Qangli ovuli aholisi mehnatlari bilan oʻz hududini obod va farovon goʻshaga aylantirmoqdalar.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026