NUPONIYLAP BILAN YoŞLAP DILDAN SUHBAT QUPDILAP
9-avgust kuni “Barkamol avlod” bolalar markazida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi grant loyihasi doirasida “Maʼnaviyat kuni” davra suhbati ötkazildi.
Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “”Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz” loyihasi doirasida bölib ötgan davra suhbatida “Barkamol avlod” bolalar markazi mutaxassislari, tarbiyaçi-murabbiylar, Manğit şahrining Olmazor mahallasi faollari, nuroniy ota-onalar hamda öquvçi-yoşlar iştirok qildilar.

“Maʼnaviyat kuni”da “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz” loyihasi rahbari “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Bekman Allaberganov globallaşuv jarayonida yoşlarni yetuk, maʼnaviyatli insonlar qilib tarbiyalaşda kitobning ahamiyati, heç bir axborot vositasi kitobning insonga beradigan bebaho maʼnaviy boyligini bera olmasligini taʼkidlab, “Ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik kabi yot ğoyalarga qarşi kuraşda kitobxonlikning beqiyos darajada katta ahamiyat kasb etişi haqida batafsil töxtaldi. Yaxşi asarni tanlab öqiş, milliy mentalitetimizga zid, yot ğoyalarni tarğib etuvçi kitoblarni taniy biliş, bunday ğarazli adabiyotlarni hatto qölga ham olmaslik zarurligini taʼkidladi.
Davra suhbati iştirokçilari bölgan öquvçi-yoşlar va ularning ota-onalari yaxşi kitob tanlaş, qanday adabiyotlarni öqiş yuzasidan öz fikrlarini bildirdilar.
Şundan söng, davra suhbati iştirokçilaridan bir guruhi “Barkamol avlod” bolalar markaziga Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid tomonidan sovğa qilingan 200 ta noyob kitoblar bilan tanişdilar. Jahon va özbek mumtoz adabiyoti namoyandalari hamda mustaqillik davri zabardast yozuvçi va şoirlari qalamiga mansub kitoblarni mutolaa qiliş uçun tanlab oldilar. Amudaryolik öquvçi-yoşlarga alohida eʼtibor körsatib 200 ta noyob adabiyot sovğa qilgani uçun “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi B.Allaberganov Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyiddan çeksiz minnatdor ekanligini izhor etdi.
“Maʼnaviyat kuni” yakunida “Barkamol avlod” bolalar markazi sanʼatsevar yoşlari tomonidan tayyorlangan “Jonajon Özbekistonim, mangu böl omon” şiori ostida taşkillaştirilgan kontsert dasturi namoyiş etildi.

Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶