QALBIMIZDA FAXP UYĞOTGAN OÇEPK
“Taraqqiyot közgusi” gazetasining 2019-yil 17-iyul sonida eʼlon qilingan “Dunyoni rom etgan Manğitlik sartaroş” oçerkini öqib, jamoamiz va men juda faxrlandik. Özim va jamoamiz nomidan oçerk muallifi, jurnalist Pobiya Yöldoşevaga va gazeta tahririyatiga çin dildan minnatdorçilik bildiramiz.
Çunki bizning jamoamiz bilan faxrlanişimizga yuz foiz asosimiz bor. Şaxsan men Şomurodovlar oilasi bilan 1961-yildan boşlab taniş va qadrdonmiz. Serfarzand oilada ösgan, asli manğitlik, ayni paytda xizmat taqozosi bilan Toşkent şahrida istiqomat qilayotgan Özbekiston Sartaroşlar assotsiatsiyasi raisi, maşhur stilist-modeler Farhod Şomurodovni ösmirlik davridan yaxşi bilaman va yaqin qarindoşlardaymiz.
Xudo rahmat qilsin Yavqaş ota va Şamsina ayalar meni 10 nafar öğil-qizlari qatorida körar, göyo öğlidek edim. Oilaning katta öğli Ozod Şomurodov bilan ega yaqin döst bölganmiz. Döstim Ozod bilan sport maşğulotlariga, kutubxonalarga va kinolarga birga qatnardik. Farhodjon ham bizga ergaşib sport tögaraklariga borardi.
Yavqaş otaning bir odati bor edi: öğil-qizlarini yozgi taʼtil paytlarida biron bir hunarmand-ustaga şogirdlikka berardilar. Farhodjonni manğitlik nomdor sartaroş Qöşjon Eşmurodovga şogirdlikka berganlarida u endigina 14 yoşga kirgan ösmir edi.
Yuqoridagi oçerkda şunday satrlar bor: “Farhod Şomurodovning manğitlik Qöşjon sartaroşning sartaroşlik ustaxonasi – “budka”sidan boşlangan orzu yöllari uni dunyoning maşhur anjumanlariga, gözallik festivallariga yetakladi...”
Farhodjon köz öngimizda kamolga yetdi. Bunga qadar öz orzulari yölida qançalik köp mehnat qilganiga şaxsan men guvohman. Özini ayamay işladi, har bir soniyadan unumli foydalandi. Hatto menga, menga öxşagan yuzlab, minglab insonlarga öz hunarini tarğib qildi, örgatdi, işlari rivojlanib ketişi uçun kömaklaşdi.

Farhod Şomurodov har gal Manğitga kelganida uçraşib, maslahatlaşib turar edik. Men öz tadbirkorlik yönalişimda sartaroşxona oçiş niyatim borligini aytganimda u juda quvondi va ustaxonamizni sartaroşlik uskunalari bilan taʼminlaşni öz zimmasiga oldi. Ikkimiz maslahatlaşgan holda bu işni uddaladik. Sartaroşlik sanʼatiga oid kitoblar va video tasmalarni ham taqdim qildi. 2017-yil oxirlarida iş boşladik.
Ustaxonamizga Farhod Şomurodov bilan maslahatlaşib, mohir sartaroş – “Usta Qöşjon” nomini berdik. Ayni paytda “Manğit” MÇJga qaraşli “Usta Qöşjon” sartaroşxonasi iş faoliyatini davom qildirmoqda. Yozda salqin, qişda issiq, barça şaroitlari mavjud sartaroşxonamizdan mijozlarimiz xursand. Sartaroşxonamizga kelganlar har xil gazeta-jurnallar öqib, televizorda yangiliklar bilan tanişib, kutiş vaqtini bekor ötkazmaydilar. Sartaroşlarimizdan Şuhrat Bozorboyev Özbekiston Sartaroşlar assotsiatsiyasi körgazmasida qatnaşib sovrinli 3-örinni olişga sazovor böldi.
Davr talabi tobora özgarib bormoqda, biron töy-haşam, tadbir bölsa, ayol-qizlar gözallik saloniga yigitlar esa sartaroşxonaga kelib, özlariga eʼtibor qilib, yasanişadi. Şularni eʼtiborga olib va Farhodjonning maslahati bilan jiyanim Mohiraxon va nevaram Sevaraxonlar gözallik salonlarini oçişdi.
Bundan taşqari, nevaralarimdan Asadbek va Asilbeklar sartaroşlik kasbini tanlaganlar, usta-sartaroşlardan ustoz-şogird anʼanasiga köra, kasb-hunar örganişmoqda.
Töğrisini aytsam, bu borada bizni hamişa, har bir masalada Farhodjon qöllab-quvvatlaydilar.
Men “Manğit” MÇJga yaqindan yordam bergan, homiylik qilgan Özbekiston Sartaroşlar va kosmetologlar assotsiatsiyasi raisi. Xalqaro toifadagi stilist-modeler Farhod Şamurodovga jamiyatimiz va mijozlarimiz nomidan rahmatlar aytaman.
Pobiya Yöldoşevaning “Dunyoni rom etgan manğitlik sartaroş” oçerki esa insonlar nazarida unçalik közga taşlanmaydigan oddiy kasb – sartaroşlikni sanʼat darajasiga yetkaziş, hatto şu kasb orqasidan şon-şuhrat pillapoyalaridan yuksaliş mumkinligini özida aks ettirgani qalbimizda faxr uyğotdi.
Tursunboy AHMEDOV, tadbirkor,
Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan maişiy va savdo xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶