25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:41
Jamiyat 👁 575

VATANNI OʻZGARTIRGAN 10 TA TAShABBUS JILOSI

VATANNI OʻZGARTIRGAN 10 TA TAShABBUS JILOSI

Mustaqil Yurt! Mustaqil Oʻzbekiston!

Mamlakatimizni bunday atash xalqimiz uchun yaqin oʻtmishda shunchaki armon, orzu edi. Mustabid tuzumning qaramlik botqogʻiga botgan taʼminotchi, tayyorlovchi, yetkazib beruvchi, ... va ishlab chiqaruvchi kuchlaridan biri – Oʻzbekiston haqida nari borsa sobiq SSSR xalqlari bilardi. Bugun esa...

Bugungi mustaqil Oʻzbekistonni, uning kuch va salohiyatini, buguni va ertasini ahli dunyo koʻrib, kuzatib, havas qilib turibdi. Bundan 28-yil avvalgi qaramlik botqogʻiga botib, iqtisodiyoti tamoman izdan chiqqan Oʻzbekiston qisqa fursat ichida omilkor va fidoyi, mehnatkash xalqi hamda tashabbuskor, bilimdon arboblarining puxta oʻylangan rejalari, tashqi va ichki siyosatda adolat hamda xalqparvarlik tamoyillariga asoslangan saʼy-harakatlari bois, dunyodagi iqtisodiy rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy oldi. Dunyo tamadduniga oʻzlarining buyuk kashfiyotlari bilan beqiyos darajada katta hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimiz bu qutlugʻ zaminni “Sharq marvaridi”, “Sharq mashʼali” sifatida dunyo ilm-fanining oltin sahifalariga bitgan boʻlsalar, bugungi avlod – Mustaqil Oʻzbekiston farzandlari uni Sharqning Istiqlol quyoshi porlab turgan haqiqiy mashʼali sifatida namoyon etmoqdalar.

Jamiyat hayotini tubdan oʻzgartirib yuborgan islohotlar, butun mamlakat boʻylab keng quloch yoygan tashabbuslar, bu islohot va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlagan, ularni amalga oshirish jarayonlarida fidoyilik koʻrsatayotgan bir oila farzandlariday ahil va inoq xalqimizning birdamligi tufayli Oʻzbekistonda bugun barcha sohalarda yuksalish, taraqqiyot bor. Albatta, bu taraqqiyot pillapoyalaridan koʻtarilish, mamlakat iqtisodini tizimli rivojlantirish puxta oʻylangan ham siyosiy, ham iqtisodiy siyosat yuritishni taqozo etadiki, albatta, bunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning xalqimiz hayotini tom maʼnoda ijobiy tomonga oʻzgartirib yuborgan tashabbuslari muhim ahamiyatga ega.

Xoʻsh, Prezidentimizning bu muhim tashabbuslari qaysilar?

Yaqinda “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan oʻtkazilgan ekspertlik soʻrovida Prezidentimizning dunyo siyosatchilari eʼtiborini tortgan 10 ta muhim tashabbusi roʻyxati taqdim etildi. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan, xalqimizning quvonch va olqishlariga hamda tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan tashabbuslar roʻyxatini shakllantirishda tajribali iqtisodchilar, siyosiy sharhlovchilar, yetuk olimlar, madaniyat arboblari va nufuzli jurnalistlar, huquq himoyachilari hamda mustaqil tadqiqotchilardan iborat mahalliy va xorijiy ekspertlar guruhi ish olib bordilar.

Soʻrovnoma natijalari boʻyicha eng muhim tashabbuslarning birinchi pogʻonasidan Prezidentimizning qoʻshni davlatlar bilan olib borgan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini oʻrnatish, chegaralarni ochish, nazorat-kiritish punktlarini tashkil etish borasidagi tashabbusi joy oldi. Chunki bugungi Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar, ayniqsa, tinchlik-totuvlik boʻyicha konstruktiv muloqot oʻrnata olgan lider davlat hisoblanadi. Shu bois Prezidentimizning ushbu tashabbusi soʻrovnomada eng koʻp ovozga ega boʻldi.

Haqiqatdan ham, 25-30-yillab biri-birini koʻra olmagan, farzand ota-ona, ota-ona farzandi diydoriga zor jigarbandlar, qavm-qarindosh, tugʻishganlarning diydorlashuvlari, bordi-keldilari, biri-biri bilan et va tirnoq kabi xalqlarning uchrashuvlari, millatlararo totuvlik taronalari, tili, dini, urf-odat va anʼanalari bir boʻlgan oʻzbek, qozoq, tojik, turkman va qirgʻiz xalqlarining quvonchlari koʻkka yetgan lahzalarda Prezidentimizning yaxshi qoʻshnichilik tamoyiliga asoslangan bu tashabbusi nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo xalqlarining qalblarini ham toʻlqinlantirib yubordi.

Baʼzan savol tugʻiladi: Agar Oʻzbekiston mustaqil boʻlmaganida respublika rahbari bu kabi xalqparvar siyosat yurita olarmidi?

Albatta, yoʻq! Mustaqillik, avvalo Oʻzbekistonning, qolaversa, 136 millat vakillaridan iborat xalqimizning dunyo miqyosida nufuzini oshirdi, qadr-qimmatini joyiga qoʻydi.

Roʻyxatning keyingi pogʻonalaridan joy olgan valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bogʻliq muammolarning hal etilishi, majburiy mehnat, xususan bolalar mehnatiga barham berilishi bilan bogʻliq tashabbuslar xalqimizning avvalo moddiy farovonligini oshirdi, oʻz xizmat vazifasini emin-erkin, hech qanday tazyiqlarsiz ado etish imkonini yaratdi. Bundan ham muhimi, bolalar mehnatidan foydalanishdek salbiy holatga barham berildi.

Farzandlarimizning oʻqib, kasb-korli boʻlishlarini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari oshirilib, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilishi, ommaviy axborot vositalari rolining oshirilishi, Prezidentning Virtual qabulxonasi va joylarda xalq qabulxonalarining joriy etilishi, huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tizimini isloh qilish, soliq islohotlari, ayniqsa, tadbirkorlik subʼektlari uchun soliq yukining kamaytirilishi hamda soliq taʼtilining eʼlon qilinishi bilan bogʻliq tashabbuslarning butun mazmun-mohiyati xalqimizning yanada farovon yashashi, ezgu orzu-umidlarini roʻyobga chiqarishi uchun oʻta muhim ahamiyatga ega tashabbuslar boʻldi.

Bundan tashqari, xalqimizga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar, xususan, qoʻshni davlat – Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish boʻyicha xalqaro muloqotni kuchaytirish boʻyicha xalqaro muloqotlarni yanada rivojlantirish borasidagi tashabbuslari ham ekspertlar tomonidan yuqori baholandi. 100 nafar nufuzli ekspertlar tomonidan shakllantirilgan Prezidentimizning bu 10 ta tashabbusining oʻzida mamlakatimiz 28-yil davomida erishgan barcha yutuqlar, taraqqiyot bosqichlari oʻz ifodasini topganki, Oʻzbekiston zaminidagi bu oʻzgarishlar, yangilanishlar jarayonlari nafaqat koʻp millatli xalqimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlari xalqlari hayotiga ham oʻz ijobiy taʼsirini oʻtkazmoqda. Bu tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimiz xalqlariga mustaqillik ato etgan beqiyos imkoniyatlar samarasi. Ayniqsa, yaxshi qoʻshnichilik tamoyiliga muvofiq taʼlim, iqtisodiyot, madaniyat sohalaridagi hamkorlik, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Qozogʻiston yoshlari Oʻzbekistonning nufuzli taʼlim dargohlarida, oʻz navbatida oʻzbek yoshlari jahonning obroʻli ilm maskanlarida tahsil olib, sanʼat va madaniyat festivallari tashkil etilayotgani xalqlarimiz olqishiga sazovor boʻlmoqda.

Xalqimizda “Oqqan daryo oqaveradi”, degan hikmatli ibora bor. Markaziy Osiyo davlatlari yerlariga obi hayot baxsh etib, asrlar davomida oqib oʻtayotgan Amu bilan Sirning suv karvoni hamon oqayotir. Dalalarga, choʻllarga, bogʻ-u chamanlarga,... va Orolga! Daryolar suvi yetib bormagan joylarda mehr buloqlari koʻz ochayotir. Xalqlarning mehr bulogʻi. Bu buloqda hikmatlar bisyor. Ulardan bahramand boʻlganlar yaxshilikdan, ezgulikdan soʻz ochadilar. Bir-birlarining qoʻllaridan mahkam tutib, oldinga intiladilar. Oldinda esa yorqin kelajak bor. Tinchlikdan, totuvlikdan rang olgan taraqqiyot manzillari bor. Bu manzillar oʻz taqdirlarini oʻzlari hal etishga qodir, moziydan to bugungacha buyuk qadriyatlar silsilasida toblangan ildizi bitta buyuk chinor – Markaziy Osiyo xalqlarining, ona Oʻzbekiston xalqining buyuk orzulari, intilishlari bilan tobora obod boʻlib boraveradi. Chunki bu Vatanda 28 yillik ERK tugʻi ostida har kuni bir ezgu tashabbus tugʻiladi. Tashabbuski, uning zamirida nafaqat Oʻzbekiston, balki qon-qardosh qoʻshni davlatlar xalqlari hayoti uchun ham katta ahamiyatga molik orzular ijobati uchun tashlanayotgan dadil qadamlar bor. Bu qadamlar – insonlar baxt-saodati, davlatlar tinchligi, millatlar totuvligi, farovonligi yoʻlidagi eng ezgu qadamlardir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026