IZHORI DIL
Hayotdagi eng beğam, betaşviş, jamiki narsalarga hayrat közi bilan qaraydigan masʼum bolalik davri birga keçgan, bir ota-ona farzandlariday quvonç-u şodliklarni birga baham körib ulğaygan va ulğayib, har biri palaxmon toşiday turli yoqlarga otilib ketgan ikki qadrdon oradan yillar ötib, yana özlari ulğaygan köça boşida tasodifan uçraşib qolişdi. Yelkasiga rözğor taşvişi tuşgan yigit ikki qölida ikki törxalta — bozor qilib, qiz esa xorijda oliygohni tugatib qaytayotgandi. Qiz qadrdon göşasiga yetişga oşiqib, göyo qanot boğlab uçmoqçiday oldinga talpinardi. U nogahon yigitni kördi-yu... jamiki hissiyotlari zumda unutilib, unga tikilgança turib qoldi. Ular bir-birlarini qançalik qattiq soğingan bölsalar-da, biron nima deyişga tillari aylanmas, kulimsiragança bir-birlariga qarab, göyo qotib turişardi. Ular ötayotgan daqiqalarni sezmas, yillar karvoni zimmalariga ortgan yuk zalvorini unutib, bir-birini körib turganidan boşi osmonda edi.
Qişloqqa osuda yoz oqşomi qöna boşlagan, odamlar kundalik yugur-yugurlardan horib, uy- uylariga kirib ketgan, atrof kimsasiz bölsa-da, hovlilardan ğala-ğovur ovozlar eşitilib turar, ularning bu tarzdagi heç bir musavvir çiza olmaydigan darajadagi holatini tomoşa qilgulik jon yöq edi. Tabiiyki, heç kim hol ham söramasdi.
— Özingmisan? Qaytdingmi?— nihoyat huşiga keldi yigit.
— Öqişim tugadi, qaytdim. — Savol ham, javob ham qisqa edi. Ular uylari tomon, hö-ö köça oxir-roğidagi, olis bolalik xotiralari muhrlangan qadrdon hovlilari tomon yura boşlaşdi.
— Uylanibsan? Qaydan topding? E... yöq... qanday topişdinglar, demoqçiydim.
Aslida qiz unga nega uylanding, demoqçiydi, öz savolidan özi önğaysizlanib ketdi. Axir uylaniş yo uylanmaslik har kimning öz işi... Qolaversa, qiz yigitning özini jonidan ortiq körişini bilsa ham heç qaçon tiliga olib iqror bölmagan, xorijga — oliygohga öqişga jönayotganida kuzatgani çiqqanida ham faqat qiz eşitguday past ovozda “Seni soğinsam nima qilarkinman-a”, degandi xörsinib. Neça yillarki, şu birgina söz qizning qalbini yoritib, u bilan bölajak baxtiyor turmuşiga kafolatdek quloğida qayta-qayta jaranglardi. Şu birgina söz musofir yurtlarda ota-onasi, oilasi, yurti soğinçidan bağri pora-pora bölgan damlarda unga suyanç bölgan, qiyinçiliklarni yengişga undagan. Bundan bir yilça muqaddam yigitning uylanganini eşitganida... ehh... yaxşisi... u kunlarni eslamagani maʼqul.
Yigit qizdan oldinroq huşiga keldi. Qizning qöllaridan yuklarini olib, öz yuklariga qöşib kötardi va oldinga imladi:
— Qani ketdik. Köçada turgani kelmagandirsan?
Qizning savoli javobsiz qolmasligi uçun öziça hazillaşmoqçi edi, öxşamadi:
— Qayerdan topganimni ... aytaymi, şu... yölda ketayotib, bir narsaga qoqilib ketdim. Qarasam — qiz ekan, uylanib qöyaqoldim.
U şunçalik beğubor jilmayib turardiki, ayblaşga köngli bormasdi, qizning. Yana “qovun tuşirib” qöydi:
— Qiziq menga kim qoqilib ketarkan-a?
Yigit uning sözlarini eşitib taqqa töxtadi, kötarib kelayotgan yuklari sekin sirpanib, qöllaridan yerga tuşdi. Keyin huvv, öşa öqişga jönayotganidagi kabi alamli xörsindi:
— Bunday dema, bunday dema! — dedi u deyarli şivirlab. Biroq juda ozorlangan köyi tutilib, tutilib gapirardi. — Sen axir... yerda emas... osmonlardasan...mening qölim yetmadi ...senga!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶