IZTIROB
Baʼzan hayotda birovni xursand qilamiz, qanday işi tuşsa, qölimizdan kelgança yordam beramiz, lekin özimiz şunday ahvolga tuşganimizda yaqin insonlarimiz bizdan yiroqlaşa boşlaganday tuyuladi. Balki odam yolğiz qolsa, oğir vaziyatdan özi çiqib ketar, har holda bardoşli inson uçun hayot taşvişlari heç narsa emas. Baribir inson kimningdir mehriga, kimningdir maslahatiga muhtoj bölarkan. Mana, özimdan qiyos, men kuçliman, men taslim bölmayman, deb öylardim har doim. Lekin şunday vaziyatlar keladiki, odam özini boşqarolmay, oğir vaziyatga tuşib qolarkan. Nega insonlar sen yaxşi muomalada bölganing sari senga yomon munosabatda bölişadi, nima sababdan? Şu savolni özimga har doim beraman, afsuski töla javob topolmayman.
Mening yaqin dugonam bor edi. U bilan doim yaxşi muomalada bölar, kayfiyati bölmasa, uni xursand qilişga harakat qilardim. U mendan judayam köngli töq edi, çunki uni tuşunardim, qanday vaziyat bölsa ham u bilan birga bölardim. Har bir qilmoqçi bölgan işimizni maslahatlaşib qilardik. Lekin bizning döstligimizni körolmaydigan insonlar borligini bildim.
Ular bizni boşqalar orqali bir-birimizdan pinhona özimizga yomonlaşga ötişdi. Ikkimiz ham hayron böldik: Nahotki... Va birimiz-birimizni pinhona sinaşga ötdik. Sinovlar bizni çarçatdi. Va oqibatda urişib qoldik..
Kördingizmi, yomonlar niyatiga yetişdi, ikki dugonani ajratişdi. Biz to haqiqatni anglagunimizça, oradan oylar ötib ketdi. Haqiqatni anglab yetganimizda köngillarimiz singan, singan köngillarni qayta tiklaş esa oğir edi. Endi biz ikki dugona yomonlarga işongan kunimizga laʼnatlar öqiymiz. Köngilda esa oğir iztirob: “Nega işondim? Nega... ning dilini oğritdim?”
Azizlar, atrofingizga şodon boqing, sizga mehr nuri bilan boqqan nigohlarga mehr bering. Zero, mehr inson yuragidagi oğir iztirob yukini aritguvçidir.
Zebo DAMIROVA,
QDU Jurnalistlika fakulteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶