ONANGIZ YoNINGIZDAMI, UNI ASRANG VA QADRLANG!
Bir kuni maktabdan qaytayotsam, qöşnimiz Şarofat aya oldimdan çiqib qoldi. Qöllarida katta bir sumka, kun issiqligidan yuzi böğriqib ketgan, havo yetişmayotgandek zörğa nafas olar, goh-goh yötalib ham qöyardi. Bu ayolni körişim bilan nimagadir açinib ketdim. Qarigan çoğida farzandlar baxtini, nevaralar quvonçini köriş örniga köçada tentirab, kun ötkaziş uçun savdo-sotiq qilib yursa, inson bola-çaqam deb yugur-sa-yu, lekin farzand...
Esiz umr. Avvallari mahallada töy böladimi, boşqa maʼrakami, bariga boş-qoş bölib turadigan bu ayol keyingi paytlarda bunday yiğinlarga çiqavermaydigan bölib qoldi. Çunki odamlarning gap-sözidan, farzandlarini söraşidan qörqadi. Bir emas, ikki öğli bor. Katta öğli bir yillar oldin kelini bilan nevaralarini olib, Rossiyaga işga ketgan. Aytişlariça, kiçik öğli şaharda, katta bir firmaning boşliği emiş. Nima keragi bor, bunaqa qilib topgan mol-dunyoning? Axir şu ayol emasmi, farzandlarining baxti uçun umrini ötkazgan, ayol boşi bilan otadan erta yetim qolgan farzandlarini katta qilgan. U öttiz yoşga yetmay beva qolib, farzandlari uçun boşqa oila qurmadi.
Aybi özini unutib yaşagani, yoşligini ikki öğliga bağişlaganimi? Xudodan ota-onalar nimaga öğil tilaşadi? Qariganimda belimga mador bölsin, debmi? Albatta, şunday! Lekin mana bu sumka kötargan onaxonga farzandlari mador bölişni unutişdi. “Balki ikkovidan biri qiz bölganida, heç bölmasa, kir-çirimni yuvib, issiq-sovuğimdan xabar olarmidi”, deb qöyadi onaxon baʼzi-baʼzida.
Eh azizlar, iş deb, öqiş deb, qandaydir ötkinçi mol-dunyoga havas qilib, öz yaqinlarimizni, biz uçun borini bergan ota-onamizni unutib qöyayotganimiz yöqmikan!? Yonimizda bor paytda ularni asraylik!
Mohira YÖLDOŞEVA,
70-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶