Aholini röyxatga oliş işlari qanday amalga oşiriladi?
Maʼlumki, Mustaqillik yillarida Özbekiston Respublikasida aholini töliq (100%) röyxatga oliş ötkazilmagan. Bu esa öz navbatida, aholi soniga, yoş-jins tarkibi, aholi joylaşuvi xususiyatlariga oidmavjud maʼlumotlarni qöllaşni sezilarli darajada çeklamoqda. Aholini röyxatga oliş qadimgi Misr, Afina, Rim va Xitoyda paydo bölgan. Keyinçalik bu tadbir Yevropa mamlakatlarida ham yölga qöyila boşlagan. Endilikda, har bir jamiyatda aholini röyxatga oliş öz geografik joylaşuvi va milliy tarkibidan kelib çiqib, kamida har 10-yilda taşkil qilinişi tartibga aylangan. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti 2015-yil 10-iyundagi “2020-yilda aholi va uy-joy fondini röyxatga oliş borasidagi printsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasiga tayanib, aʼzo-davlatlarni 2020-yilda Butunjahon aholi va uy-joy fondini röyxatga oliş dasturi doirasida aholi va uy-joy fondini röyxatga olişga taaluqli xalqaro va hududiy tavsiyalarni inobatga olgan holda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini röyxatga olişni ötkazişni qatʼiy daʼvat etadi.
Şunga köra, 2019-yil 5-fevralda “Özbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini röyxatga olişni ötkaziş kontseptsiyasini tasdiqlaş töğrisida” Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli Farmoni tasdiqlangan. Mazkur Farmon, Özbekiston Respublikasida 2022-yilda röyxatga olişni ötkazişning maqsadi va asosiy vazifalarini belgilaydi. Aholini röyxatga oliş mamlakatda yaşovçi barça aholiga tegişli bölgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yiğiş, umumlaştiriş, baholaş, tahlil qiliş va eʼlon qilişning yagona jarayonlarini öz içiga oladi va kelgusi 30 yillik rivojlanişning prognoz körsatkiçlarini hisoblaş uçun işonçli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantiriş va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam körsatiş böyiça zarur maʼlumotlarni oliş imkonini beradi. Ahol soğliğini mustahkamlaş, ayollar va bolalar ahvolini yaxşilaş va oilalarga yordam körsatiş çora-tadbirlarini işlab çiqiş, aholini röyxatga olişni ötkazişning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Aholini röyxatga olişni ötkaziş, xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib çiqqan holda, bosqiçma-bosqiç ötkazilişi möljallanmoqda.
Birinçi bosqiç 3-yilga yaqin davrda axborot tuşintiriş işlarini ötkaziş, bino, transport, aloqa vositalari bilan taʼminlaş va boşqa tayyorgarlik köriş işlari ötkaziladi.
Ikkinçi bosqiçda 60 kungaça davrda bevosita aholini röyxatga oliş amalga oşiriladi.
Uçinçi bosqiç materiallarni avtomatlaştiriş, kodlaş, natijalarni eʼlon qiliş va tarqatişni öz içiga oladi.
2022-yilda aholini röyxatga olişni ötkazişga kömaklaşiş böyiça respublika komissiyasi tuzilgan bölib, Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi Respublika komissiyasining işçi organi hisoblanadi.
Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani statistika bölimi boşliği

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶