OVUL FUQAROLAR YIĞINLARI BINOLARI MUKAMMAL TAʼMIRLANIB, FOYDALANIŞGA TOPŞIRILDI
Mustaqillik bayrami arafasida ovul, mahalla va şaharçalarimiz obodonlaştirilib, körkam qiyofa kasb etdi. "Obod qişloq" dasturi doirasida tumandagi 3 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari binolari mukammal taʼmirlangani esa hududlar çiroyiga çiroy qöşmoqda.
4-sentyabr kuni Çoyköl ovul fuqarolar yiğini binosining mukammal taʼmirlaşdan keyingi oçiliş marosimi ötkazildi.
Marosimda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev iştirok qildi va ovul aholisini mustaqillik bayrami va ovul fuqarolar yiğini binosining oçiliş marosimi bilan tabrikladi.
Şundan keyin Çoyköl OFY raisi Yaxşimurod Ahmedov, ovul nuroniylaridan Ahmad Madrahimov va Gulsara Kamolovalar sözga çiqişib, ovul hududida röy berayotgan özgarişlar, bayram arafasidagi quvonçli voqealar haqida gapirdilar, ovul aholisini mustaqillik bayrami bilan muborakbod etdilar.
Marosim iştirokçilari OFY binosida 248 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş işlarini amalga oşirgan “Iqbol-Dilmurod” MÇJ quruvçilariga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar.
Şu kuni mukammal taʼmirlaşdan çiqarilgan Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini binosining ham oçiliş marosimi bölib ötdi.


Ovul fuqarolar yiğini binosining oçiliş marosimida sektor rahbari Javlon Muftullayev iştirok qildi va ovul aholisini mustaqillik bayrami va bayram arafasida ovulda röy berayotgan quvonçli voqealar bilan muborakbod etdi. Şundan keyin ovul fuqarolar yiğini raisi Bahrom Qodirov sözga çiqib, fuqarolar yiğini binosida 263 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş işlarini amalga oşirgan “Manğit stroy materiallari” MÇJ quruvçilariga öz minnatdorçiligini izhor etdi.


Şuningdek, marosimda tuman hokimi örinbosari Jasur Norimov, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” tuman bölinmasi rahbari Aşirboy Qöşayev, nuroniy Bekimmat Artiqovlar ham sözga çiqişib, ovul aholisini mustaqillik bayrami bilan tabrikladilar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶