Tumanda muddatli harbiy xizmat uçun çaqiruv tadbirlari ötkazilmoqda
Respublikamizda Vazirlar Mahkamasining şu yil 9-apreldagi "Çaqiriluvçilarni tanlab oliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida"gi qarori asosida çaqiriluvçilarni muddatli harbiy xizmatni ötaş uçun tanlab oliş tartibi belgilandi. Bu böyiça tasdiqlangan nizomga köra muddatli harbiy xizmat uçun çaqiriluvçi yoşlarni tanlaş va saralaş işlari 10-avgustdan 10-fevralga qadar amalga oşiriladi.
Tuman hokimining tegişli qarori asosida uşbu jarayon tumanimizda ham boşlab yuborildi.
Çaqiruv mavsumini yuqori saviyada ötkaziş maqsadida mazkur qaror asosida fuqarolarni muddatli va safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga çaqiriş böyiça tanlov kengaşi va tibbiy çaqiruv komissiyasi tuzildi. Qurolli Kuçlarimizning maxsus qöşinlariga çaqiriluvçilarni sifatli saralaşga qaratilgan barça tadbirlar uyuşqoqlik bilan taşkil etildi.
Tumanda Mudofaa işlari bölimi xodimlari ovul va mahallalarga çiqib, çaqiriluvçilarning oilaviy holati, ijtimoiy ahvolini örganmoqda. Mahalla fuqarolar yiğinlari va keng jamoatçilik yordamida çaqiriluvçilar va ularning ota-onalari örtasida tarğibot işlari olib borilib, muddatli va safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni ötaş tartiblari tuşuntirilmoqda. Tibbiy çaqiruv komissiyasi esa zarur tibbiy jihoz va vositalar bilan taʼminlangan çaqiruv uçastkasida çaqiriluvçilarni dastlabki tibbiy körikdan ötkazib, öz tavsiya va xulosalarini bermoqda.
Tanlov jarayonida kuniga 50 nafardan ziyod çaqiruv yoşidagi fuqarolar tibbiy körik va sinovdan ötkazilmoqda.
Ayni paytda belgilangan normativlar böyiça çaqiriluvçilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi körilmoqda va kasbiy tanlovlar orqali bilim darajalari tekşirilmoqda.
Nizomga köra, umumjismoniy tayyorgarlik normativlarini topşira olmagan çaqiriluvçilar kasbiy tanlov tadbirlariga qöyilmaydi. Tanlov yakunida yakka tartibdagi suhbat ötkazilib, çaqiriluvçining Özbekiston tarixi, Amir Temur va boşqa uluğ ajdodlarimizning hayoti va faoliyatiga oid bilimlari aniqlanadi.
Saralaş tanlovlarida har jihatdan barkamol deb topilgan çaqiriluvçilar mavsumdagi yakuniy körik, suhbat va sinovlardan ham muvaffaqiyatli ötgaç, Qurolli Kuçlarimiz safiga xizmatga olinadi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶