FUQARO MUHOFAZASIGA OID KÖRGAZMALI ÖQUV-AMALIY SEMINAR ÖTKAZILDI
Şu yilning 10-sentyabrida Qiliçboy ovul fuqarolar yiğinidagi Madaniyat markazida tuman favqulodda vaziyatlar bölimi tumanimizdagi ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlarining masʼul xodimlarini jalb qilgan holda körgazmali “Mahalla fuqaro muhofazasi kuni” öquv-amaliy seminarini ötkazdi.




Tadbirga tumanimizdagi korxona taşkilot, muassasalar rahbarlari, mavjud 49 ta OFY, MFY raislari va profilaktika inspektorlari yordamçilari iştirok etdi.


Tuman favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği, mayor B.Nurmatov tadbirning ötkazilişidan közlangan maqsad haqida gapirdi. Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini raisi B.Qodirov hudud haqidagi umumiy maʼlumotlarni va favqulodda vaziyatlar sodir bölganda “Mahalla fuqaro muhofazasi tuzilmalari aholini muhofaza qilişga qay darajada şayligi xususida yiğilganlarga tuşuntirib ötdi.








Şundan keyin iştirokçilarga favqulodda holatlar sodir bölganda aholini muhofaza qilişda foydalaniladigan qidiruv-qutqaruv texnikalari, asbob-anjomlar körgazmasi namoyiş etildi. Şuningdek, zilzila sodir bölib, bino içida odam qolib ketganda, yonğin kelib çiqqanda va tabiiy gaz quvuri yorilganda qanday işlar qilinişi lozimligi mutaxassislar tomonidan amalda körsatib berildi.











Körgazmali öquv-amaliy seminar iştirokçilari favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasiga oid köpgina bilimlarga ega böldilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶