ÖZINI-ÖZI ÖLDIPIŞ – FOSIQLIKDIP
Alloh taolo inson zotini azizu mukarram qilib yaratgan. Uning şaʼnini uluğlab, yer yuzidagi barça narsalarni uning manfaati uçun paydo qilgan. Insonning şaʼniga, moliga, joniga nohaq tajovuz qilişni harom qilgan. Uning hayotini saqlaşni Islom şariatining asl maqsadi qilib belgilab qöydi. Qurʼoni Karimda bular haqida şunday bayon etilgan: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qöydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Özimiz yaratgan köp jonzotlardan afzal qilib qöydik”. (“Isro” surasi, 70-oyat).
Demak, Alloh aziz qilgan insonning joniga qasd qilib, uning qonini tökiş eng oğir gunoh sanaladi. Qurʼoni Karimda aytiladiki: “Biror jonni öldirmagan yoki Yerda (buzğunçilik va qaroqçilik kabi) fasod işlarni qilmagan insonni öldirgan odam xuddi hamma odamlarni öldirgan kabidir. Unga hayot baxş etgan (ölimdan qutqarib qolgan) odam esa barça odamlarni tiriltirgan kabidir” (“Moida” surasi, 32-oyat).
Boşqa oyati karimada Alloh taolo aytadi: “Alloh taqiqlagan jonni nohaq qatl qilmangiz! Aql yuritişingiz uçun (Allohning) hukm qilgani şu(lar)dir” (Anʼom surasi, 151-oyat).
Qurʼoni Karimda insonni özining yaşaş huquqiga tajovuz qilişdan qaytarib: “Öz qölingiz bilan özingizni halokatga taşlamangizlar”. – deyilgan. (“Baqara” surasi 195-oyat)
Payğambarimiz Muhammad alayhissalom ham öz hadisi şariflarida özini-özi öldiriş harom ekanligi, bunday işni qilgan kişiga oxiratda qattiq azoblar bor ekanligi haqida aytib ötganlar. Jumladan, bir hadisda: «Alloh taolo hadisi qudsiyda marhamat qilurki: «Bandam özini-özi öldirib, Mening unga bergan umrimga şukr qilmay, şoşildi. Şuning uçun unga jannatni abadiy harom qildim».
Yana bir hadisda: “Kimki özini temir parçasi bilan öldirsa, u kişi öşa temir parçasi qorniga suqilgan holda qiyomatda jahannam ötida abadiy qolur. Kimki özini zahar bilan öldirsa, u kişi öşa zahar bilan qiyomat kunida dözax azobida doimiy azoblanur”, degan bölsalar, boşqa hadisda: “Kim özini biror narsa bilan öldirsa, qiyomatda öşa narsa bilan azoblanadi”, deganlar.
Boşqa bir rivoyatda esa: “Kimki özini toğ tepasidan taşlab öldirsa, ölgandan keyin ham jahannamda şu xil azobga giriftor böladi. Özini suvga taşlab yoki osib, kuydirib öldirgan kişilarning hukmi ham uning hukmi bilan barobardir”, deyilgan.
Ming afsuslar bölsinki, hozirgi kunda baʼzi insonlarda sabr-u matonat yetişmay, öz jonlariga qasd qilayotganlarining guvohi bölib turibmiz. Buni Alloh bergan hayotga noşukurlik oqibati deb baholaşdan özga çora yöq. Bunday mudhiş holatlar nafaqat Islom taʼlimotiga, balki Alloh taoloning qazoi qadariga ham tuğyon qiliş, unga qarşi boriş demakdir.
Özini-özi öldiriş naqadar oğir gunoh ekanligini şundan ham biliş mumkinki, Pasululloh (s.a.v) bunday işni qilgan kişiga janoza namozini öqimaganlar.
Islom şariatida özini-özi öldiruvçilar haqida maxsus fatvolar berilgan.
Maʼlumki, özini-özi öldirgan kişining janozasini öqiş paytida har xil gap-sözlar çiqa boşlaydi. Bu bejizga emas, sababi fiqh kitoblarida öz joniga qasd qilib, özini-özi öldirgan şaxslarga ayrim ulamo va fuqaholar janoza namozi öqimaslik töğrisida fatvo ham berganlari bu jinoyatni amalga oşirayotgan, irodasi sust kişilarga keskin ogohlantirişdir.
Alloh taolo barçamizni bunday ulkan gunohlardan saqlanişga va doimo Özi-ning itoatida bölişga, ayni paytda hayotdan mazmunli foydalanişimizga muvaffaq aylasin. Omin!
A.Matsapoyev, “Yusuf eşon bobo”
jomeʼ masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶