Korruptsiyaga qarşi kuraşiş – davr talabi
Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş böyiça bir qança Farmon va qarorlar qabul qilindi. Şuningdek, korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş borasida davlat organlarining nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan ijtimoiy şerikligi samaradorligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar ham yölga qöyildi.
Bu boradagi islohotlar amalga oşiriş doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinişini, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati oçiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlaş mexanizmlari takomillaştirildi. Huquqni muhofaza qiliş va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi. Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlaş, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravişda taʼsir ötkaziş şart-şaroitlarini istisno etiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari” töğrisidagi Farmonida davlat xizmatçilarini tanlov asosida saralab oliş, lavozimga tayinlaş va yuqori lavozimlarga kötarişning şaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini şakllantiriş belgilab qöyilgan. Undan taşqari, ular uçun çeklovlar, taqiqlaşlar, rağbatlantiriş çoralari hamda korruptsiyaning oldini oliş mexanizmlarining aniq röyxatini belgilaş közda tutilgan.
Mazkur Farmon keng jamoatçilik, yoşlar, şuningdek, nodavlat taşkilotlari ham huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan birgalikda uşbu illatga qarşi kuraşda, har bir sohada korruptsiyaning oldini olişda faollikka çaqiradi. Xususan, Farmonga asosan, 2019-2020-yillarda korruptsiyaga qarşi kuraşiş davlat dasturi tasdiqlandi. Davlat ho¬kimiya¬ti va boşqaruvi organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa taşkilotlar tomonidan Idoralararo komissiya bilan kelişgan holda Davlat dasturining har bir bandi böyiça maqsadlarga erişişda samaradorlik indikatorlarini işlab çiqiş belgilab berildi.
Tuman hududida joylaşgan taşkilot, korxona va muassasalarida tuman Adliya bölimi tomonidan korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tarğibot va taşviqot işlari olib borilmoqda.
A.A.Kutjanov,
tuman Adliya bölimi
yetakçi maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶