“Saylovlar: ğalaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida seminar-trening ötkazildi
Saylovlar demokratik huquqiy davlatning ajralmas qismi, xalqimizning öz xohiş-irodasini erkin bildirişi, fuqarolarning davlat va jamiyat işlaridagi iştirokining asosiy şakli sanaladi. Sönggi davrlarda yurtimizda amalga oşirilgan bosqiçma-bosqiç va izçil islohotlar samarasida eng yuksak demokratik talablar va umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga mos, Saylov kodeksida mustahkamlangan har kimning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylaş va saylaniş huquqini taʼminlaydigan saylov tizimi yaratildi.
Yurtimizda dekabr oyida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari deputatligiga bölib ötadigan saylovlarga barça siyosiy partiyalar qatori Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi ham qizğin hozirlik körmoqda.
26 centyabr kuni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi tomonidan saylovlarga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida “Saylovlar: ğalaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida seminar-trening ötkazildi. Unda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Ravşan Xolmurodov, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi yetakçi mutaxassisi Yulduz Örinboyeva, saylov uçastkalariga partiyadan körsatilgan kuzatuvçilar, vakolatli vakillar qatnaşişdi.
Seminar-treningda saylov jarayoni iştirokçilari, vakolatli va kuzatuvçi vakillarga “Saylov kodeksi”ning mazmun-mohiyati, saylovlarning strategiyasi va taktikasi, siyosiy partiyalarning saylovlarda iştiroki, ularning örni, ahamiyati va mohiyati xaqida batafsil tuşuntirildi. Undan taşqari, davlat hokimiyatining vakillik organlariga bölib ötadigan navbatdagi saylovlarda nafaqat iştirok etiş, balki ğolib çiqiş Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi uçun katta ahamiyat kasb etişi haqida aytib ötildi. Şuning uçun barça darajadagi partiya taşkilotlari bölajak saylovlarda eng oldingi qatorda bölişga harakat qilişlari kerakligi gapirildi. Şu qatorda siyosiy partiyalarning saylov jarayonidagi iştiroki, saylov kompaniyasi taktikasi, samarali saylov dasturini işlab çiqiş, partiya va nomzodlar imijini şakllantiriş yöllari hamda usullari xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Seminar-treningda “Saylov kodeksi”ning mazmun-mohiyati va nomzodlar bilan işlaş, ularni tanlab oliş borasidagi bilimlar yanada mustahkamlandi.
Gulzoda Eşimbetova,
ÖzMTDP tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶