Atrof-muhit musaffoligi hammaga boğliq
Atrof-muhitni muhofaza qiliş, ifloslanişining oldini olişga dolzarb vazifa sifatida qaralayotgani bejiz emas. Çunki insoniyat tirikligi ana şu omillarga boğliq.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasining Amudaryo tuman inspektsiyasi xodimlari hududni toza saqlaş, maişiy çiqindilar bilan ifloslanişining oldini oliş, aholining ekologik madaniyatini oşiriş borasida köpgina çora-tadbirlarni amalga oşirmoqdalar. Ovul va mahallalarda, idora, korxonalarda va öquv muassalarida bu borada köpgina tarğibot tadbirlari ötkazildi.
Joriy yilda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş borasidagi amaldagi meʼyoriy hujjatlarga amal qilmagani,atrofni ifloslantirgani va çiqindilar töplanib qolişiga yöl qöygani uçun 11 ta korxona, taşkilotlarga inspektsiyamiz xodimlari tomonidan jarima solindi. 12 nafar fuqaro esa bu boradagi qonunçilik talablarini buzganligi uçun “Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisida” gi Kodeksning tegişli moddalariga köra 3 mln. 517 ming 355 söm miqdorida jarima töladilar.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş borasida tumanimizdagi Yangiobod mahallasi, Döstlik mahallasi va Qipçoq ovuli,Beştom mahallasida yiğilişlar ötkazilib, bu boradagi qonunçilik talablari aholiga tuşuntirildi.
Maqsadimiz özimiz nafas oladigan havomiz sof,çor-atrof ozoda va sarişta bölişiga hissa qöşişdir.
I. Kenjaboyev,
Qoraqalpoğiston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş
qömitasining Amudaryo tuman inspektsiyasi
1- darajali inspektori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶