ÖQUVÇILARGA HAM, ÖQITUVÇILARGA HAM USTOZ
Joriy yilning 10-14-sentyabr kunlarida tumanimizdagi 67-sonli maktab ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Habiba Qöşayeva “Yilning eng yaxşi fan öqituvçisi – 2019” körik-tanlovining mamlakat bosqiçida iştirokçilar bilimi, kasb mahoratini baholovçi hakamlar safida iştirok etdi. Öz fani böyiça quyi bosqiçlarda ğoliblikka erişib, yakuniy zinaga yetib kelgan hamkasblarining har bir çiqişini zör maroq bilan kuzatdi, zavqlandi, yutuq va kamçiliklariga xolisona yondaşib, haqqoniy baholaşga intildi . Şu barobarida öqituvçilarga, xususan, xalq taʼlimiga qaratilayotgan eʼtibor hamkasblari faoliyatida qanday namoyon bölayotganini yaqqol his qildi.
– Tanlovdan olgan taassurotlarim meni bilimlarimni muntazam oşira borib, darslarim samaradorligini yana ham oşirişga undadi, – deydi Habiba Qöşayeva.
U aslida ham tajribali muallimlardan. Şuning uçun ham dars bergan öquvçilari ona tili va adabiyot darsini puxta özlaştirişadi. Har yili öquvçilar bilimlari sinovdan ötkaziladigan bellaşuvlarda ğoliblar safida uning ham öquvçilari böladi. 2017-2018 öquv yilida Hulkaroy Xudoyorova fanlar olimpiadasining tuman, Qoraqalpoğiston bosqiçlarida birinçi örinni egallab, yakuniy bosqiçda faol qatnaşdi. Surayyo Sobirova esa tumanda kuçli öntalikka kirdi. 2019-yilda yana bir öquvçisi Sveta Xudoyorova “Yoş kitobxon” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston bosqiçida 3-örinni egallab, taşkilotçilar tomonidan 40 ta badiiy kitob bilan taqdirlandi.
Habibaning maktabda böş vaqti deyarli bölmaydi. Çunki gumanitar fanlar uslubbirlaşmasi raisi sifatida öqituvçilar bilan ham işlaşib, taʼlim berişdagi yangiliklar bilan taniştirib boradi, uslubiy kömak beradi, barçani bolalarni öqitiş uçun özlari tinimsiz öqib-örganib borişga undaydi, darslar jarayonini nazorat qiladi.
1999-yilda Nukus davlat pedagogika institutini tugatib kelganidan beri 67-sonli maktabda samarali mehnat qilib kelayotgan Habiba Qöşayevaning şu boisdan ham jamoasida, şogirdlari orasida mavqei yuksak. Ota kasbini tutgan mahoratli muallimaning rejalari uluğ – juda boy va jozibali ona tilimizni öquvçilarga çuqur örgatiş, ularning könglida ona tilimizga hurmat uyğotiş, sofligini asraşga ruhlantiriş. Biz uning ezgu maqsadlar yölidagi mehnatlariga baraka tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶