DOIMIY IZLANIŞLAR SAMARASI
Inson bolaligida juda özgaruvçan böladi. Bugun boşqa, ertaga yana boşqaça orzular oğuşida yaşab ulğayadi inson. Bu holat çinakam orzu yöllari tomon dadil qadam qöyguniga qadar davom etaveradi.
Feruzaxon ham to özi uçun aziz bölgan öqituvçilik kasbini tanlagunga qadar beğubor bolalik, ösmirlik orzulari oğuşida yaşadi. Biologiya faniga bölgan qiziqişlari tufayli u Qoraqalpoq Davlat Universitetining biologiya fakultetiga öqişga kirdi. 2011-yilda universitetni aʼlo baholarga tugatib, şu yili 31-sonli maktabda ilk pedagogik faoliyatini boşladi va qisqa fursat içida maktab pedagogika jamoasi orasida obrö-eʼtibor qozondi.
2018-2019 öquv yilida uning şogirdi, 10-sinf öquvçisi Inobat Jumaniyozova biologiya böyiça fanlar olimpiadasining tuman, Qoraqalpoğiston bosqiçlarida faxrli 1-örinni egalladi. 9-sinf öquvçisi Dilfuza Rajabova fanlar olimpiadasining, 7-sinf öquvçisi Dildora Rustamova esa bilimlar bellaşuvining tuman bosqiçida ğolib bölişdi.
Feruza öz ustida işlaşdan, izlanişdan çarçamaydi, har bir darsini öziga xos uslubda, zamonaviy pedtexnologiyalar asosida olib borişga intiladi. Buning samarasi esa öquvçilarining intilişlarida öz aksini topmoqda.
Maktabni tugatib, hayotda öz yöllarini topgan sobiq öquvçilari, ayni paytda Feruzaxonning tahsilini olayotgan öquvçi-yoşlar turli bayramlarda, ayniqsa, öqituvçi va murabbiylar kunida uni guldastalar, samimiy tilaklar bilan qutlaşadi. Ana şunday lahzalarda u öqituvçi, ustoz, degan şarafli kasbni tanlab, aslo yanglişmaganini yurak-yuragidan his etadi.
Feruza Saʼdullayeva nafaqat özi mehnat qilayotgan 31-sonli umumtaʼlim maktabi pedagogik jamoasida, balki mahallada, ota-onalar orasida ham obrö-eʼtibor qozongan. Oilada qöli şirin pazanda, mehribon ona, sadoqatli rafiqa. Umr yöldoşi – tuman Davlat soliq inspektsiyasi xodimi Uluğbek Bozorboyev bilan uç nafar farzandni voyaga yetkazmoqda.
Hayotidagi bu xotirjamlik Feruza Saʼdullayevani yanada samaraliroq işlaşga undayveradi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶