TÖYNI KIM ÖZARGA QILIŞ ŞART EMAS
Ommaviy axborot vositalarida töy- haşamlar va oilaviy tantanalarni ixçam, dabdabalarsiz, kamçiqim qilib ötkaziş borasida köplab fikr – mulohazalar bildirilayapti. Bu borada Oliy Majlis Senati va qonunçilik palatasi qabul qilgan qöşma qarorni kimdir maʼqullasa, kimdir qanday töy qiliş har kimning öz xohişi emasmi, deya eʼtiroz bildirayotir. Mening nazarimda yillar davomida har kim özi xohlaganiça , kim özarga töy berib , urf- odatlarni “ bolalatib”, axiyri özimiz dod deydigan holga yetib keldik.
bu maqolani yozişga undagan sabab boşqa.Odatda töy qilmoqçi bölgan odamlar tayyorgarlik körayotirib, birov kulmasday bölsin, birovdan kam bölmasin , deb intiladi.Biroq har kimning oilasi öziga tan, oilasi imkoniyati bilan hisoblaşmaydi. ng aytmoqçi bölganim – falonçi unday qildi, bunday qildi, demasdan ixçam, mazmunli töy ötkaziş mumkin.Yaqinda umr böyi turli korxonalarda haydovçilik qilib keksalik yoşiga yetgan bir qarindoşim Manğit şahridagi “Safarboy ota” töyxonasida nevarasiga sunnat töy berdi. Töyga eng yaqin qarindoşlar, döst-birodarlar taklif etildi. Dasturxon juda serfayz, biroq spirtli içimlik qöyilmadi. Dastlab mehmonlarning orasida bundan biroz ajablanganlar böldi, biroq töy juda tartibli , ortiqça şovqin – suronlarsiz ötganidan hamma mamnun bölib tarqalişdi.
Mening nazarimda kimningdir çöntagi kötarsa, tanigan- tanimaganni çorlab , borini dasturxonga tökib , isrofgarçilikka yöl qöyib, özining kimligini körsatib töy berişi şart emas.
Tursunboy AHMEDOV, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶