25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:59
Jamiyat 👁 757

“BESh TAShABBUS – BESh IMKONIYaT” DEB NOMLANGAN YoShLAR FESTIVALI BOʻLIB OʻTDI

“BESh TAShABBUS – BESh IMKONIYaT” DEB NOMLANGAN YoShLAR FESTIVALI BOʻLIB OʻTDI

Muhtaram Prezidentimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusi ijrosi ijtimoiy, maʼnaviy- maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish, yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularda yangi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib etish, xotin-qizlarning kasb-hunarlarni egallab, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Yoshlarning porloq kelajagi, maʼnaviyatimiz rivoji uchun xizmat qiluvchi 5 ta muhim tashabbusni amaliyotga tatbiq etish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami tobora ortmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi  yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sanʼat, madaniyat, sport-sogʻlomlashtirish muassasalariga keng jalb qilish, yoshlar orasida har qanday huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish va Prezidentimiz belgilab bergan 5 ta tashabbus ahamiyatini targʻib qilish maqsadida shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida Respublikamiz miqyosida “Besh tashbbus – besh imkoniyat” nomli yoshlar festivalini oʻtkazish yuzasidan qaror qabul qilgan edi.

9-oktyabr kuni mazkur qarorga muvofiq tumanimizda ham yoshlar festivali boʻlib oʻtdi.

Festivalda moderator Minaj Mambetov, sanʼatkor, “Nihol” mukofoti sovrindori Shiraz Tursunboyev, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Ulboʻlsin Oʻrinboyeva, yosh aktrisa Alima Ramatullayeva, TATU 1-kurs magistranti , “Kelajak bunyodkori” medali sohibi David Qonarboyev, “Qaraqalpaqstan jaslari” gazetasi muxbiri Shukurbay Siypatdinov, reportyor Karimjon Abibullayevlardan iborat targʻibot guruhi aʼzolari ishtirok etishdi.

Ular Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi masʼul xodimlari bilan birgalikda dastlab  Mangʻit shahridagi 9 -sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlishib, oʻquvchilar bilan uchrashdilar. Festival doirasida “Siz sevgan adabiy qahramonlar” mavzusida suhbat oʻtkazilib, maktabning tasviriy sanʼat sinflarida tarbiyalanayotgan bolalar ijodiy koʻrgazmasi namoyish qilindi. Mehmonlar oʻquvchilarning ijodiy ishlariga yuksak baho berishdi.

Festival doirasida “Tamara- Feruza” xususiy korxonasida  yosh ayol-qizlar bilan kasb-hunarning inson hayotidagi oʻrni, mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligiga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maroqli suhbat oʻtkazildi. Aytish kerakki, mazkur korxona yosh qizlarni ish bilan taʼminlashda jonbozlik koʻrsatib kelmoqda.

Qilichboy ovulidagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasida festival doirasida tumanimiz maktablari oʻquvchilarining futbol musobaqalari,  37-sonli maktabda esa oʻquvchi qizlar oʻrtasida voleybol musobaqalari oʻtkazildi. Gʻoliblar targʻibot guruhi aʼzolari ishtirokida Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va homiylar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Tumanimizdagi 40-sonli maktabning 9-sinfi oʻquvchilari uchun David Qonarboyevning kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish borasidagi mahorat darsi oʻquvchilarning bilimi va tushunchalari yanada kengayishiga xizmat qildi.

Festival doirasidagi yana bir tadbir Qipchoq ovulidagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida  boʻlib oʻtdi. Maktab oʻquvchilaridan tashqari koʻplab ovul yoshlarini jamlagan uchrashuvda targʻibot guruhi aʼzolarining muhtaram Yurtboshimiz ilgari surgan 5 ta tashabbus doirasida mamlakatimizda va Qoraqalpogʻistonda amalga oshirilayotgan ishlar va bundan koʻzlangan ulugʻvor maqsadlar haqidagi qilgan maʼruzalari ishtirokchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Maktab oʻquvchilari namoyish etgan kontsert dasturi bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan gʻamxoʻrliklar ularning hayotida qanday namoyon boʻlayotganini yaqqol koʻrsatdi.

 “Besh tashabbus – besh imkoniyat” deb nomlangan yoshlar festivali doirasida oʻtkazilgan barcha tadbirlar amudaryolik yoshlarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026