“Yoş tomoşabinlar” teatri tomonidan bolajonlar uçun ertak tomoşalari namoyiş etilmoqda
“Qiliçboy” madaniyat markazi drama tögaragida taşkil etilgan “Yoş tomoşabinlar” teatrida havaskor yoşlarning isteʼdodlari şakllantirilmoqda. Yoş avlodning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning sanʼatga bölgan muhabbatini kuçaytiriş maqsadida teatr havaskorlari taşabbusi bilan maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolajonlar uçun ertak tomoşalari ham namoyiş etilmoqda.

14-oktyabr kuni tuman Madaniyat bölimining rejasiga muvofiq teatr havaskorlari 3-sonli va 5-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotlariga taşrif buyurişdi. Ular kiçkintoylar uçun ertaklar asosida tayyorlangan “Yaxşiliklar olami” deb nomlangan sahna körinişini ijro etişdi. Bolajonlar ertaklar orqali taniş bölgan sevimli qahramonlarining sarguzaştlarini zavq bilan tomoşa qilib, madaniy hordiq çiqardilar.
Teatr havaskorlari tomonidan ijro etilgan tomoşa muassasa tarbiyalanuvçilari bilan birgalikda tarbiyaçilar va ota-onalarga ham nihoyatda manzur böldi.
D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶