KITOBXON YoŞLAR TAQDIRLANDI
Glaballaşuv jarayonida yoşlarni yetuk, maʼnaviyatli insonlar qilib tarbiyalaş, ularning ongida badiiy asarlar mazmun-mohiyatini tahlil qiliş, asarda bayon qilingan boqea hodisalarni talqin etiş, asar voqealarini taʼsirçan uslubda yetkaza oliş mahoratini şakllantiriş, özlari öqigan asarlardan ijobiy va hayotiy xulosalar çiqariş könikmasini hosil qiliş maqsadida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati, hamkorligida “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz” grant loyihasi doirasida taʼlim muassasalarining öquvçi-yoşlari örtasida “Men öqigan asar” mavzusida inşolar tanlovi ötkazilgan edi.
Yaqinda tanlov taşkilotçilari hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan tanlovga kelgan inşolar körib çiqilib, ğoliblar aniqlandi. Hakamlar hayʼati aʼzolarining xulosalariga köra, 1-örin 11-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Sevara Örozboyevaga nasib etdi. 30-son maktab öquvçisi Iroda Bekimbetova 2-örin ğolibi böldi. 22-maktab öquvçisi Umida Yerdoşeva yozgan inşo esa 3-öringa munosib körildi.
“Men öqigan asar” inşolar tanlovi ğoliblari taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
Öquvçi-yoşlarda kitobga bölgan eʼtibor va qiziqişni kuçaytiriş, kitob öqiş madaniyatini şakllantiriş, oilaviy kitob öqiş anʼanasini ommalaştiriş, oilalarda, taʼlim muassasalarida kutubxonalar taşkil etişni tarğib qiliş, oilaviy kitobxonlikni keng ommalaştiriş orqali kitobxon yoşlar safini yanada kengaytiriş maqsadida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi bilan “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati hamkorlikda “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan kuraşamiz” grant loyihasi rejasiga muvofiq “Kitob – maʼnaviyat sarçaşmasi” mavzusida maqolalar tanlovini eʼlon qilgan edi.
Tanlov davomida tahririyatimizga taʼlim muassasalari öquvçilari, şuningdek qiziquvçi yoşlar tomonidan yuqoridagi mavzuda önlab maqolalar keldi. Tahrir hayʼati aʼzolari tanlov talablariga munosib deb tan olingan maqolalar mualliflari orasidan ğoliblarni aniqladi. Unga köra, “Kitob – maʼnaviyat sarçaşmasi” maqolalar tanlovida 20-30 yoşlilar örtasida QMU talabasi Şahzod Qurbonboyev, Iroda Yerdoşeva hamda 14 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasida 30-maktab öquvçisi Iroda Bekimbetovalar 1-örin ğoliblari bölişdi. Yoş toifalariga köra, Umida Yerdoşeva ikkinçi, Dilafröz Şerimbetova hamda Tursunoy Jiyanboyevalar uçinçi örin sohiblari bölişdi.
Şuningdek, yuqoridagi grant-loyiha rejasiga muvofiq taʼlim muassasalari öquvçi-yoşlari örtasida eʼlon qilingan “Men sevgan badiiy qahramon” inşolar tanlovi ğoliblari ham aniqlandi.
Mazkur tanlovda özining badiiy fikrlaş qobiliyati madaniyatli kitobxon ekanligini namoyon etgan 38-maktab öquvçisi Iroda Yerdoşeva 1-örinni egalladi. Şu maktabning 11-sinf öquvçisi Xosiyat Zaripova 2-örin, xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji öquvçisi Dilafröz Şerimbetova 3-örin sohiblari bölişdi.
Tanlov ğoliblari taşkilotçilar tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovğalar bilan taqdirlandilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶