ÖQUVÇI-YoŞLAR BIRINÇI ÖQITUVÇISINI BORIB KÖRDILAR
Nigora Sobirova 31-umumtaʼlim maktabining 11-a sinfiga rahbarlik qiladi. U sinf rahbari sifatida öquvçi-yoşlar bilan milliy maʼnaviy qadriyatlarimizni mustahkamlaş, özaro hurmat va samimiy eʼtibor, insoniy munosabatlar, inson va uning qadr-qimmatini intelektual mulk darajasida eʼzozlaş mavzularida davra suhbatlari, yoşlar bilan nuroniylarning uçraşuvlarini taşkil etadi. Turli bayram sanalarida taşkil etiladigan “Ustoz – yölçi-yulduzim” tadbirida barça öquvçilar faol iştirok etişadi.

21-oktyabr – Ona tiliga davlat tili maqomi berilgan kun arafasida Nigora Sobirova özi rahbarlik qilayotgan sinf öquvçilari bilan ularning birinçi öqituvçisi, ayni paytda keksalik nafaqasidagi ustozlari Gulpoşşa opa Davlatboyevani borib kördilar. Öquvçi-yoşlar Gulpoşşa Davlatboyevani ona tili bayrami bilan tabriklab, özlariga öqiş-yozişni, ona tilimizda ravon gapirişni örgatgan birinçi öqituvçisiga guldastalar hadya etişdi. Öqişda, jamoat işlarida özlari erişayotgan yutuqlari haqida gapirib berişdi. Ustoz va şogirdlar bu uçraşuvdan olam-olam zavq oldilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶