“AMU YoŞLAPI” JAMOASI “DONO BILIMDONLAP” KÖPIK-TANLOVI SOVPINDOPI
“Dono” naşriyoti maktab öquvçilari uçun adabiyot yönalişida taʼsis etgan “Dono bilimdonlar” tanlovining quyi bosqiçlarida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 76-sonli umumiy örta taʼlim maktabining “ Amu yoşlari” jamoasi ğoliblikni qölga kiritib, Qoraqalpoğiston respublikasi bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritgan edi.
Şu yilning 19-oktyabrida mazkur tanlovning Qoraqalpoğiston bosqiçi bölib ötdi Unda tumanimizning şarafini himoya qilgan Nodira Eşimbetova, Iroda Pahimova, Sevara Örolboyeva, Şoxruh Xudoyberganov, Zebuniso Karimova, Nasiba Muhammadsoliyeva, Xurşida Abdullayeva, Diyora Ibrohimova, Umida Bozorboyevalardan iborat “Amu yoşlari” guruhi muvaffaqiyatli iştirok etib, faxrli ikkinçi örinni qölga kiritdilar va 2 million sömlik kitob sotib oliş uçun sertifikat bilan mukofotlandilar.
Ularni tanlovga şu maktab öqituvçilari Nusrat Kamolov va Samad Baxtiyorovlar tayyorladilar va öquvçilarni ğoliblikni qölga kiritişga ruhlantira oldilar.
Şu yilning 21-oktyabri- duşanba kuni odatdagi haftaning ilk öqiş kungi saflanişida maktab direktori Ğayrat Jumanazarov bu xuşxabarni öquvçilarga eʼlon qildi va barça öqituvçilar, öquvçilar nomidan “Amu yoşlari” guruhi aʼzolarini va ularni uşbu tanlovga tayyorlagan Nusrat Kamolov va Samad Baxtiyorovlarni erişilgan yutuq bilan qizğin qutlab, ulkan minnatdorçilik bildirdi.
Eng muhimi,erişilgan bu muvaffaqiyat tufayli maktab kutubxonasi badiiy adabiyotlar bilan yana ham boyiydigan böldi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶