ÖzMTDP tuman Kengaşining VI konferentsiyasi ötkazildi
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşining navbatdagi VI konferentsiyasi bölib ötdi.
23-oktyabr kuni tuman hokimligining kiçik majlislar zalida ötkazilgan konferentsiyada ÖzMTDP tuman Kengaşi xodimlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati M.Ahmedova, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari R.Xolmurodov, R.Örozboyev, A.Yusupov, G.Bobojonov hamda boşlanğiç partiya taşkilotlardan saylangan delegatlar qatnaşdilar.

Ötgan davr mobaynida ÖzMTDP tuman Kengaşi tomonidan boşlanğiç partiya taşkilotlar faoliyatini yanada rivojlantiriş, elektorat bilan işlaşning zamonaviy mexanizmini şakllantiriş va siyosiy bilimlarini takomillaştiriş böyiça qator işlar amalga oşirildi. Partiya safiga taşabbuskor va faol yoşlar jalb etilib, 2015-2019-yillar davomida aʼzolar soni 545 nafarga, boşlanğiç taşkilotlar soni 44 taga yetdi.
Kun tartibidagi birinçi masala yuzasidan partiyaning tuman Kengaşi raisi G.Eşimbetovaning hisobot maʼruzasi tinglandi. U öz maʼruzasida partiyaning tuman Kengaşi tomonidan 2015-2019-yillar davomida saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar yuzasidan qator işlar amalga oşirilganini, Oliy Majlis Qonunçilik palatasida 1 nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida 2 nafar, Xalq deputatlari tuman Kengaşida 9 nafar deputat faoliyat olib borayotganini, ötgan xisobot davomida partiyaning deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan 108 marotaba deputatlik sörovlari bilan murojaat etilgani haqida söz yuritdi. Undan taşqari, 22-dekabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi hamda xalq deputatlari tuman Kengaşiga bölib ötadigan saylovlarda partiyaning munosib iştirokini taʼminlaş kerakligiga töxtalib ötdi.
Konferentsiyada deputatlar vakolatlaridan samarali foydalanişlari kerakligi, öz faoliyatini yangi bosqiçga kötarişlari lozimligi taʼkidlandi. Zero, bugungi saylovçini quruq vaʼdalar, hisobotlar bilan işontirib bölmaydi. Siyosiy dunyoqaraşi, tafakkuri tobora yuksalib borayotgan aholi xalq vakillaridan aniq işlar, taşabbuslar kutadi.
Konferentsiya sönggida partiya safiga yangidan aʼzolar qabul qilindi hamda BPT yetakçilaridan O.Ahmedova, Ş.Xöjamurodovalarga partiya tomonidan tayyorlangan faxriy yorliqlari topşirildi.
Kun tartibidagi masalalar töliq körib çiqilib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶