25-oktyabr – Içki işlar idoralari xodimlari kuni
Dunyoda barça xalqlar va elatlar uçun eng uluğ, eng qadrli neʼmat bu tinçlikdir. Tinçlik tufayli jamiyat ravnaq topadi, ilm-fan rivojlanadi, taraqqiyot yuksaladi. Butun insoniyat saodatga erişadi. Vatanimizdagi mana şu tinçlik va osoyiştalik uçun öz oromi, tinçi, huzur-halovati, rohat-faroğati, kerak bölsa jonidan keçayotgan, uni şaraf bilan himoya qilayotgan içki işlar xodimlarining bu boradagi maşaqqatli xizmatini alohida eʼtirof etiş joiz.
Yurt tinçligini taʼminlayotgan içki işlar xodimlari jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, uning oldini oliş va jamoat tartibini saqlaşda öz zimmasiga yuklangan vazifalarni fidoyilik bilan bajarişmoqda. Tinçlik posbonlarining ziyrakligi, jonkuyarligi tufayli elimizda, ovul va mahallalarda fuqarolar xavfsiz, osoyişta hayot keçirmoqda.
Tuman Içki işlar bölimida 79 nafar xodim el-yurtimiz osoyiştaligini taʼminlaşga munosib hissa qöşib kelmoqda. Soha xodimlarining öz vazifalarini masʼuliyat bilan bajarişlari natijasida ovul-mahallalarda jinoyatçilik va huquqbuzarliklar sodir etilişining barvaqt oldi olinmoqda.

Tinç va osoyişta hayotning muhim jihati – bu har bir mahallani jinoyatçilikdan holi hududga aylantiriş, aholi örtasida jinoyatçilikka murosasiz munosabatni şakllantiriş va tuman hududida jinoyatçilikni keskin kamaytirişdir. Tuman Içki işlar bölimi tomonidan uşbu maqsadni röyobga çiqariş maqsadida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasida bir qator ijobiy işlar amalga oşirildi.

Natijada tumanimizda barça yönalişlarda sodir etilgan jinoyatlar ötgan yilning şu davriga nisbatan 14 taga, jinoyat qidiruv yönalişida sodir etilgan jinoyatlar ötgan yilning şu davriga nisbatan 24 taga kamayişiga erişildi. Undan taşqari, öğirlik, firibgarlik, oğir tan jarohati yetkaziş jinoyatlari ham kamaytirildi. Hududlarda profilaktik tadbirlar maqsadli amalga oşirilganligi, fuqarolarning özini-özi boşqariş idoralari, jamoatçilik institutlari bilan hamkorlikda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş borasidagi işlar töğri yölga qöyilganligi natijasida bosqinçilik, talonçilik va tovlamaçilik kabi jinoyatlar sodir etilişiga yöl qöyilmadi. Tuman hududidagi 49 ta ovul va mahalladan 22 tasida jinoyat va huquqbuzarlik umuman qayd etilmadi.
El-yurt tinçligi, osuda hayot uçun öz oromidan keçib xizmat qilayotgan içki işlar xodimlari eʼtiborga, eʼzozu hurmatga loyiqdir. Öz xizmat burçini şaraf bilan ado etayotgan tinçligimiz posbonlarini 25-oktyabr – kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶