Qiliçboy arna kanaliga yangi köprik qurildi
Elimizda yöl, köprik qurişni juda xayrli va savobli iş deyişadi. Köpriklar olis yölni, manzilni yaqinlaştirişga xizmat qiladi. Sönggi davrlarda yurtimizda bu savobli iş davlat ahamiyatidagi muhim masalaga aylanib borayotganligi sababli bu borada tegişli dasturlar qabul qilindi. Şular asosida yurtimizda keng va ravon yöllar, mustahkam köpriklar qurilmoqda.
Qiliçboy arna kanalining ikki tomonida joylaşgan Ayoqçi mahallasi va Qiliçboy ovuli aholisiga şu hududda köprik yöqligi deyarli 40-yildan buyon muammo tuğdirib kelayotgan edi. Zarurat bölgan paytlarda ikki tomonda yaşovçi aholi olisdagi köprikdan foydalanişiga töğri kelar, bunga juda köp vaqt ketardi. Ayniqsa, “Ayoqçi” va “Ğayrat” aholi punktlarida yaşovçi fuqarolar ovuldagi 7-sonli Qişloq oilaviy poliklinikasida tibbiy xizmatdan foydalaniş uçun 7-8 kilometr uzoqlikdagi masofadan aylanib kelardi.
Köprik qurişning savobi ham hajga ziyorat qiliş bilan barobar, deb bilgan “Ayoqçi” mahallasida yaşovçi tadbirkor Sanʼatjon Rahimov har ikkala tomonda yaşovçi aholiga qulaylik yaratib, uzoğini yaqin qiliş maqsadida şu yilning sentyabr oyida quriliş işlarini boşlab yubordi. Qisqa fursat içida, yaʼni oktyabr oyining oxirlarida köprik töliq qurib bitkazildi. Tadbirkorning saʼy-harakati, ğayrati bilan amalga oşgan xayrli işdan el-yurt nihoyatda mamnun böldi.
24-oktyabr kuni köprikning foydalanişga topşirilgani har ikkala hududda yaşovçi aholi uçun juda quvonçli voqea böldi. Şu munosabat bilan ötkazilgan marosimda tuman hokimi örinbosarlari A.Yöldoşev, J.Norimov, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi B.Allaberganov, özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisi örinbosari O.Ibragimov hamda fuqarolar yiğinlari raislari, faollar qatnaşişdi. Tadbirda sözga çiqqanlar aholini köp yillik orzusi amalga oşgani bilan qutladi va bu işda taşabbus körsatib, öz mablaği evaziga köprik qurdirgan tadbirkor S.Rahimovga katta minnatdorlik bildirdilar.
Marosimda köprik qurilişida iştirok etgan quruvçilarga sovğalar ham ulaşildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶