“Oila va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli taşkil etişda jamoat va davlat taşkilotlari hamkorligi” mavzusida öquv-seminari taşkil etildi
Bugungi kunda yoşlarimizning erişayotgan yutuq va marralarini körib, birdek quvonamiz. Ayniqsa, sport va ilm-fan bobidagi muvaffaqiyatlari har qança tahsinga loyiq. Ammo şunga qaramay, yoş avlod tarbiyasi bilan boğliq muammolar ham közga taşlanayotir. Xususan, oilaviy ajraşişlar, jinoyat va huquqbuzarliklar köpayişi, milliy urf-odat va qadriyatlarga bölgan hurmatsizlikning kuçayişi, aldamçi ğoyalar ketidan ergaşib ketiş holatlari ortgani barçani huşyorlikka çoğlamoqda. Ana şu hayotiy zarurat hamkorlik dasturi işlab çiqildiki, ular mahallalar va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş orqali yoşlarni Vatanga sadoqatli insonlar qilib kamolga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadni amalga oşiriş yuzasidan joylarda tarğibot-taşviqot tadbirlari ötkazilmoqda.
Xususan, 2019-yil 7-noyabr kuni Amudaryo tuman hokimligi majlislar zalida “Oila va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli taşkil etişda jamoat va davlat taşkilotlari hamkorligi” mavzusida öquv-seminari bölib ötdi.
Öquv-seminarda Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Qoraqalpoğiston Pespublikasi va Amudaryo tumani kengaşlari maʼullari, hamkor taşkilotlar, yaʼni tuman hokimligi, Pespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi, Yoşlar ittifoqi, tuman içki işlar bölimi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi tuman bölimi masʼullari iştirok etib, kun tartibidagi masala böyiça maʼruzalar qildi.
Öquv-seminari ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raisi hamda masʼul kotiblari, nuroniylar, xotin-qizlar va uyuşmagan yoşlar vakillari iştirok etib, Oilalarda mehr-oqibatni mustahkamlaş va ajrimlarning oldini oliş, töy va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş kabi bugungi kunning dolzarb masalalarini tahlil qilişdi hamda hayotiy misollar bilan keng tuşunçalar berdilar.
Öquv-seminarda oilalar va mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli taşkil etiş, jamoat va davlat taşkilotlari örtasida bir-birini töldiradigan, samarali hamkorlikni joriy etiş, uşbu yönalişda jamoat taşkilotlari örtasida imzolangan hamkorlik dasturida belgilangan vazifalar keng muhokama etildi.
Öz navbatida, dasturda aholining maʼnaviy tuşunçalarini boyitiş, milliy-axloqiy va huquqiy tarbiyasini, boy adabiy merosimizga bölgan mehrini şakllantirişda mahalla institutining rolini yanada oşiriş, xususan, töy va boşqa oilaviy marosimlarni ixçam va kamxarj ötkaziş masalasiga jiddiy eʼtibor qaratildi. Bu borada Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati Kengaşlarining “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qarori dasturilamal bölib xizmat qiladi.
Tan oliş kerak, bugun ayrim yigit-qizlarimiz mustaqil hayotga tayyor bölmasdan turmuş quriş holatlari köp kuzatilmoqda. Buning oqibatini tobora oşib borayotgan ajralişlarning soni ham körsatib turibdi. Afsuski, bugun töy-haşam, marosimlarimizda ham orzu-havaslarga berilib, ota-bobolarimiz amal qilgan urf-odatlarga amal qilmasdan, ortiqça rasm-rusumlar, dabdababozlik, begona “urf-odatlar”ga kör-körona ergaşiş holatlari ham köp uçramoqda.
Bunday illatlarga barham beriş har birimizning fuqarolik burçimizdir. Zero, hayotimizda uçrayotgan ayrim kamçilik va muammolarni birgalikda hal qilsak, salbiy holatlarning oldini olişga qaratilgan imkoniyat va harakatlarimizni birlaştirsak, mahallamiz va yurtimiz tinç, turmuşimiz esa yanada farovon böladi.
Çaros Arslonova,
Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶