“Adolat – har bir inson uçun!” şiori ostida miting tarzidagi tarğibot tadbiri ötkazildi
Respublikamiz hududida bölajak saylovlarga tayyorgarlik işlari doirasida siyosiy partiyalar taşabbusi bilan turli tadbirlar ötkazilmoqda. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan ham dolzarb mavzularda, xalq manfaati, aholi talab-istaklarini özida mujassam etgan şiorlar asosida miting va maʼrifiy-madaniy tadbirlar taşkil etilmoqda.
9-noyabr kuni tumanimizdagi “Istirohat boği”da Özbekiston “Adolat” SDP tuman Kengaşi tomonidan “Adolat – har bir inson uçun!” şiori ostida ana şunday saylovoldi tarğibot tadbiri ötkazildi.
Miting tarzida ötgan uşbu tadbirda Özbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Nurlibay Qayipbergenov, rais örinbosari Ravaj Ötarboyev, tuman Kengaşi vakillari, mahalliy Kengaş deputatlari, faollar va barça köngillilar iştirok etişdi. Unda sözga çiqqanlar partiyaning dasturiy ğoya va maqsadlarini omma orasida keng tarğib qilib, jamiyat hayotidagi boşqa dolzarb masalalar qatorida sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining işonçli himoyasini taʼminlaş, odil sudlovga erişiş darajasini oşirişda partiya oldida turgan vazifalar haqida gapirdilar. Undan taşqari, kelajagimiz bunyodkorlari bölgan yoşlarning bilimlarni çuqur egallaşi, öz iqtidorini rivojlantirişi, aqlan yetuk va jismonan soğlom bölib voyaga yetişi uçun zarur şaroitlar yaratiş, mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytiriş borasida partiya faollari va elektorati oldida turgan vazifalar haqida ham söz yuritildi.
Tadbir doirasida interaktiv öyinlar, sovrinli viktorinalar ötkazildi. Partiya hayotiga oid savollardan taşkil qilingan viktorinalarda iştirokçilar juda katta qiziqiş bilan faol qatnaşişdi.
Ğoliblarga partiyaning esdalik sovğalari topşirildi.
Mansur Örozboyev, “Adolat” SDP tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶