PENSIYa TAʼMINOTI TAKOMILLAŞTIRILMOQDA
Tumanimizda 2019-yil 1-oktyabr holatiga pensiya, ijtimoiy nafaqa oluvçi pensionerlar 21983 nafarni taşkil etadi. Yoşga doir pensiya oluvçilar 16335 nafar, nogironlik böyiça pensiya oluvçilar 2450 nafar, boquvçisini yöqotganlik pensiyasini oluvçilar 961 nafar, pensiya tayinlaş uçun zarur iş stajiga ega bölmagan qariyalar va boquvçisini yöqotganlik uçun ijtimoiy nafaqa oluvçilar 2240 nafardan iborat.
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tuman bölimi tomonidan fuqarolarga pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlaş masalalari jarayonida pensiyalarning qonun talablari asosida töğri tayinlanişiga alohida eʼtibor qaratiladi. Şu sababli, korxona-taşkilotlar, arxiv idoralari tomonidan iş staji, iş haqi töğrisidagi maʼlumotlarning töğri belgilanganligi joylarga çiqib tekşirilib, keyin tölov ötkaziladi. Undan taşqari, pensiyani tayinlaş, moliyalaştiriş va uning öz vaqtida yetkazib berilişi muntazam nazorat qilib boriladi.
Pensiya va nafaqalar tölovlari Xalq banki orqali amalga oşirilmoqda. Fuqarolar yiğinlari kesimida tuman böyiça 13970 nafar pensiya va nafaqa oluvçilarning tölov röyxatlari şakllantirilib, örtaça oyiga 8,3 mlrd. sömlik tölov vedomostlari Xalq banki tuman filialiga öz muddatida yetkazilmoqda. Şuningdek, tuman böyiça yakka-yolğiz yaşovçi, yotib qolgan, kam taʼminlangan va 1-, 2-guruh nogironligi bölgan şaxslardan 6173 nafarining röyxatlari alohida şakllantirildi. Ayni paytda Xalq banki tuman bölimi bilan hamkorlikda ularning xonadonlariga pensiya va nafaqa pullari birinçi navbatda yetkazib berilmoqda. Tumanda 14300 nafar pensiya va nafaqa oluvçi fuqaro “SMS-pensiya” xizmatidan foydalanmoqda.
Nuroniy otaxon va onaxonlar, nogironligi bölgan fuqarolar, turli toifadagi nafaqa oluvçilar bilan muloqot qiliş maqsadida joylarga çiqib, aholi örtasida suhbatlar ötkazilmoqda. Ötgan davr mobaynida fuqarolar yiğinlarida 37-marta sayyor qabullar ötkazildi.
Şu yilning 1-oktyabridan un va qolipli non xarid qiliş böyiça qöşimça xarajatlarni qoplaş uçun har oylik pul kompensatsiyasi 22 ming 300 sömdan 50 ming sömga oşirildi. Kompensatsiya mablağlari yoşga doir, nogironlik, boquvçisini yöqotganlik nafaqasini oluvçilar, boquvçisini yöqotganlik pensiyasini oluvçilarga beriladi. Şu qatorda nogironligi bölgan 16 yoşgaça, 18 yoşgaça OIVni yuqtirgan şaxslarga nafaqa oluvçilar, bolalikdan nogiron bölgan 16 yoşdan katta nafaqa oluvçilar, eng kam yoşga doir pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvçilarga ham kompensatsiya mablağlari tölanadi.
Şuningdek, tumanimizda un va non mahsulotlari uçun kompensatsiya mablağlari naqd pul şaklida Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan mahalla fuqarolar yiğinlariga borgan holda yetkazilmoqda.
Davlatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan bunday taşkiliy işlar pensiya oluvçilarning barça muammolarini xal etişga, ularni ortiqça taşvişga qöymay xotirjam turmuş keçirişlarini taʼminlaşga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Yurtimiz aholisi pensiya taʼminoti tizimining tobora takomillaşayotganidan nihoyatda mamnun.
Zokirjon Xalillayev,
Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi
tuman bölimi boşliği örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶