27.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
27.09.2026, 00:49
Maqolalar 👁 792

XOLIMBEGNING NAMUNALI OILASI

XOLIMBEGNING NAMUNALI OILASI

Kimdir inson umrini tez oqar daryoga, kimdir “yalt” etib chaqnab, bir zumgagina olamni nurafshon etuvchi chaqinga, kimdir esa orasi yaqin ikki eshik orasiga mengzaydilar.

Ha, har qancha totli boʻlsa-da, umr oʻlchovli. Vaqtni esa toʻxtatib boʻlmaydi. Vaqt zandiri davrni davr bilan bogʻlaydi. Faqat fasllargina navbatma-navbat dunyo tusini oʻzgartirib, umrning har dami gʻanimat ekanligini uqtirib turadi.

Umrining 60 yillik dovonida turib, oʻtgan kunlariga nazar tashlar ekan, tumanimizning Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvchi Yoʻldosh aka Matnazarovning koʻngli faxrga, iftixorga toʻldi. Mamlakatimizning turli hududlarida yashaydigan farzandlari, yaqin qarindoshlari ushbu sanani birga nishonlash uchun birin-ketin kirib kelganlarida quvonchlariga olam torlik qilayotganday boʻldi, goʻyo. Axir quvonmasinmi, turmushning ne bir zahmatlarini chekib, oʻgʻillarini, qizini oʻqitdi, ilmli qildi, uyli-joyli qildi. Halol mehnatlaridan boʻy tiklagan obod xonadoni nevaralarining shoʻx shovqin-suroniga toʻldi. Bunday saodatli kunlarni qanchalar orzu qilgan edi u, shunday kunlar umidida tonglarni tunlarga ulab mehnat qilgan edi. Baʼzan horigan damlarida umr hamdami, barcha tashvishlariga birga yelka tutgan suyanchigʻi Norgul opaga qarab.

- Hali oʻgʻillarimiz qanotimizga kirsa, yukimiz yengillashib qoladi, sinfdosh, - deya hazillashardi. Bir ovulda tugʻilib oʻsib, bir maktabda, bir sinfda oʻqib, bir-biriga koʻngil qoʻyib oila qurgan ayoli Norgul Yoʻldosheva eri aytmasa-da, hech qachon bolalar tashvishidan nolimadi, mehnatdan qochmadi.

Yoʻldosh akani xayollari olis bolalik yillariga yetakladi, koʻz oʻngida ota-onasi bagʻrida kechgan damlari jonlandi.

Uning otasi Qoʻchqor baraq  (laqabi shunday edi) Matnazarovning otalari Xolimbeg ovulining Turmaniston bilan chegaradosh hududida oʻtirimli yashab, 40 ta xonadon iborat hovlisi, yer-suviga ega boʻlib, asosan dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanishgan, xizmatkorlari ham boʻlgan ekan. Oʻsha davr siyosatiga koʻra quloq qilinib, mol-mulki tortib olinib, oʻzlari dom-daraksiz ketgach, keyingi avlodlari turmushi qiyinchiliklar bilan kechgan. 1913-yilda tugʻilgan padari – Qoʻchqor Matnazarov 7 yoshida onasidan, 14 yoshida otasidan ayrilib, 28 yoshigacha har qarindoshlarinikida yashab kelgan, boshlangʻich taʼlim olgan. Zehni oʻtkirligi bois, kolxoz podasini boqib yurib, Orazgeldi ismli turkman oshnasidan diniy bilimlarni oʻrganadi, adabiyotlarni oʻqiydi, savodi tobora sayqallanadi. Umum mulki podani koʻz qorachigʻiday asrab, parvarishlab boqqani uchun kolxoz raisi uni Ikkinchi jahon urushi davrida frontga yubormay olib qolgan ekan. Vaqt kelib, u Xojibika ismli qizga uylangan. Afsuski, ayoli ikki qizni dunyoga keltirib, vafot etgan.

Qoʻchqor Matnazarov oradan yillar oʻtib, shu yerlik Hayitgul ismli ayolga uylangan. 1959-yil 19-oktyabrda  undan chirogʻboni, hayotining davomchisi Yoʻldosh dunyoga kelgan.

U bolaligida dehqonchilik ishlarida koʻmaklashib yurgan chogʻlarida otasining koʻp takrorlaydigan  shu soʻzi yodida muhrlanib qolgan:

Haromchilik gʻoʻr yigitni xor etar,

Bosar-yiqar, keng jahonni tor etar.

Otasi yana har yili dehqonchilikdan undirgan hosilini tarozida tortib, oʻndan bir qismini shaharda yashaydigan qarindoshlariga, muhtojlarga tarqatishni kanda qilmas edi. Otasi bir umr amal  qilib kelgan bu odatini yakka-yu yolgʻiz oʻgʻli Yoʻldoshga, kelini Norgulga oʻzidan soʻng davom ettirishini koʻp uqtirardi.

Yoʻldosh shular haqida oʻylaganida “eh-h, otam-ey, ajoyib odam edingiz-da”, deb qoʻydi xayolan.

Fasllarning galma gal almashib, dunyo tusini oʻzgartirib turishida ham bir ajib hikmat bordik. Yoʻldosh aka oʻz qoʻllari bilan undirgan mana bu teraklarning yaproqlari sargʻayib, bandidan bir-bir uzilib yerga toʻshalib yotishiga qarab uzoq xayolga todi. Bu teraklar nihollarini oʻtqazgan davrlarida hali farzandlari yosh, er-xotin birini maktabga, birini bogʻchaga joʻnatgunicha oʻzlarining ham ish vaqtlari yaqinlashib qolar edi. U paytlarda sobiq M.Gorkiy nomli sovxozda  sport yoʻriqchisi boʻlib, ayoli esa bolalar bogʻchasida ishlar edi. Xoʻjalik idorasi bilan Xolimbegning orasi olis emasmi, goh velosipedda, goh mototsiklda, qishning qor-yomgʻirli kunlarida yayov yoʻlga chiqardi. Shunday damlarda yonidan gʻizillab oʻtib ketgan tanish-notanishlardan baʼzan koʻngli ogʻrirdi, (u paytlarda birovning tansportiga chiqqanlik uchun haq olinmas, bu shunchaki odamgarchilik uchun qilinardi) yana oʻziga oʻzi dalda berardi, bu kunlar ham oʻtib ketar... Ishqilib, bolalarni voyaga yetkazguncha ishlashim kerak..

 

Ha, shunday kunlar keldi. U keyinchalik Xolimbeg ovul fuqarolar yigʻinida harbiy hisob boʻlimi boshligʻi, ayoli Norguloy esa 35-maktabda psixolog boʻlib ishladilar, shundoqqina hovlisi yonidagi 2,5 gektarlik yerini ijaraga olib, bogʻ barpo etishdi, bogʻdan, tomorqasidan turli meva, sabzavotlar yetishtirib, oilasidan ortganini bozorga sotishdi, daromadi hisobiga mashina sotib olishdi, avval toʻngʻich oʻgʻil Xudoyberganni, Xayrullani, Muhiddinni va oilaning kenjatoy farzandi Nargizani oliygohlarning avval bakalavr keyin esa magistratura bosqichlarida oʻqitishdi. Hozirgi kunda Xudoybergan - 35-maktab direktori oʻrinbosari, Xayrullo Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetida oʻqituvchi, suv sporti va eshkak eshish turlari kafedrasi mudiri, Muhiddin – injener-geolog. Nargiza esa Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi filologiyaga ixtisoslashtirilgan maxsus maktabda oʻqituvchi. Hozir ularning barchasi uyli-joyli , oilali boʻlib, oʻzlaridan tinib-tinchib ketishdi. Bu oilaga shunchaki nazar tashlagan kishi barcha tashvishlaridan “tingan”, farzandlarini oʻqitib, nonini but qilib qoʻygan Yoʻldosh aka, Norgul opaga havas qilishi tayin. Biroq turli oliygohlarda birin-ketin baʼzan  ikkovini baravar oʻqitgan damlarida bir topgani bir topganiga yetmay, tang holatlarga tushgani, ogʻzi tegsin, deya bogʻida pishgan mevalaridan nasibasini koʻtarib Toshkentning yoʻllarida sutkalab avtobuslarda yurib, tortgan azoblari, biri olisda turib uh-h desa, yuraklarini hovuchlab sogʻayib ketgunicha dilgir boʻlganlari faqat oʻzlarigagina ayon.

Ha, Yoʻldosh aka, Norgul opalar ana shunday “shirin” mashaqqatlar evaziga ularni kamolga yetkazdi. Shunda ham hozirgi kunda bir zum tinib, bamaylixotir oʻtirishni oʻzlariga ep koʻrishmaydi. Tomorqa yer, bogʻ, nevaralar tarbiyasi  ularning kundalik, hech zerikmaydigan, birovga ishonmaydigan yumushlari. Natijada turmushlari farovon, ertagi kundan koʻngillari toʻq.

Yoʻldosh aka xayol bilan boʻlib, bogʻda ancha qolib ketganini sezmay qoldi. Shoshib mehmonlari – farzandlari, qarindoshlari yoniga qaytdi. Axir ular 60 yoshi bilan qutlagani kelishgan.

- Otamning chirogʻini yoqib, xondonini obod etib oʻtirgan ukajonim borligiga doim shukur qilaman. Qachon kelmaylik, eshigi ham, koʻngli ham ochiq Yoʻldoshboy ukam kelinim bilan qoʻsha qarib, uzoq yashagay, - deydi opasi Qizlargul momo. Jamuljam tugʻishganlar bir vaqtlar Yoʻldosh aka harbiy xizmat burchini oʻtayotgan vaqtda (u sobiq SSSP harbiy dengiz flotida uch yil harbiy xizmatda boʻlgan ekan-da) ota-onasi va ikkala opa sogʻinib ketganidan hatto Qoraqalpogʻiston Pespublikasi mudofaa boshqarmasiga borib, oilada yolgʻiz oʻgʻil, uyga qaytarib bering, deb ham borishganini kulishib, esladilar.

Ha, bugunbu koʻp xonadonda haqiqiy shodlik hukmron boʻldi: Baxtli, saodatli umr kechirib, uch oʻgʻil, bir qizni elga qoʻshgan, uch kelinga ham ota, sakkiz nafar nevaralarga bobo boʻlgan, mehr-oqibati bilan yaqinlarining ham koʻnglidan joy olgan Yoʻldosh Matnazarovning 60 yoshga toʻlishi va ilk oʻgʻil nevara – Xayrulloning farzandining sunnat toʻyini ulkan xursandchilik bilan nishonlashdi. Oʻgʻillari Yoʻldosh akaga yubileyi munosabati bilan yap-yangi, gʻilofida turgan “Damas” avtomashinasi kalitini topshirishdi. Onamiz bilan yaxshi kunlarga minib toʻzdiring, deya tilak bildirishdi. Shu daqiqalarda u hatto quvonganidan rahmat ham deya olmay bolalarini birin-ketin qattiq bagʻriga bosdi, koʻzlariga yosh qalqidi.

– Bu kunni biz uzoq yillar orzu qildik. Ota-onamiz bizni oʻqitamiz deb, uyli-joyli qilamiz, deb topganini bizga sarflashgan. Ishga doim qiynalib velosipedda, yayov qatnab yurganini koʻrib, hali oʻqishni bitirsak, dadamga mashina olib beramiz, deyishardi akalarim, – deydi kenjatoy farzand Nargiza.

– Bizning eng ulkan boyligimiz – sizlarsiz. Ilohim yomonligingizni koʻrmagaymiz, doim sogʻ-omon boʻling, – deydi ota ularni quchib.

Ha, Xudoybergan, Xayrullo, Muhiddin, Nargizaday el koriga yaraydigan farzandlarni kamolga yetkazgan ota-ona – Yoʻldosh aka va Norgul opalarni chindin-da pir-u badavlat odamlar desak, oʻrnak olsak arziydi.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026