Qöriqlaş xizmati xodimlari iştirokida musobaqa ötkazildi
Qöriqlaş xizmati xodimlari zimmasiga el-yurt mulkini muhofaza qilişdek şarafli va öta masʼuliyatli vazifa yuklatilgan. Bu vazifani sidqidildan ado etişda har bir xodimdan huşyorlik, jasorat, tezkorlik kabi xislatlar talab etilişi şubhasiz.
Qöriqlaş xizmati xodimlari, ularning oila aʼzolari, farzandlarining jismoniy tarbiya va sportga bölgan qiziqişini oşiriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi birinçiligi ötkazilişi rejalaştirilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbusi talablari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Qöriqlaş boşqarmasi boşliği tomonidan tasdiqlangan reja talablari asosida tumanimizda ham mazkur birinçilikning saralaş bosqiçi ötkazildi.
40-sonli maktabda ötkazilgan musobaqalarda Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Qöriqlş boşqarmasi 1-alohida otryadi xodimlari va ularning oila aʼzolari iştirok etdi.
Maʼlumki, qöriqlaş xizmati davlat obektlari, öta muhim, toifalangan va boşqa obektlarni, jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulkini qöriqlaş xizmatini körsatadi. Şuningdek, jamoat tartibini saqlaş hamda huquqbuzarliklarning oldini oliş va bartaraf etişga kömaklaşiş ham mazkur bölim xodimlari zimmasidagi vazifadir.
Bu esa xodimlardan jismoniy faollikni, muntazam ravişda sport bilan şuğullanişni talab qiladi. Musobaqaning asosiy maqsadi ham avvalo xodimlarning, qolaversa, ularning oila aʼzolarining sportga bölgan qiziqişlarini oşirişdan iborat.
Musobaqalar juda qizğin va bahs-murosaga boy tarzda bölib ötdi. Basketbol töpini savatga tuşiriş, tösiqlar oşa yugurib, darvozaga töp kiritiş va arqon tortişiş kabi şartlar asosida jamoalarning kuç va çaqqonliklari sinovdan ötkazilodi.
“Otam, onam va men: Biz sportçilar oilasimiz” şiori ostida ötkazilgan sport musobaqalari yakunlariga köra “Qaldirğoçlar” jamoasi 1-örinni egallab, Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Çaros ARSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶