FHDYo maʼlumotlarini istalgan DXMdan olişingiz mumkin
Fuqarolarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 134-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari tomonidan arxiv hujjatlarini beriş böyiça davlat xizmati körsatişning maʼmuriy reglamenti»ga muvofiq jismoniy şaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDYo) haqidagi (tuğiliş, nikoh, nikohdan ajraliş, ölim, yolğiz ona, otalikni belgilaş, maʼlumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boşqa) maʼlumotnomalarni beriş davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatiladi.
Bundan taşqari, mazkur xizmatlar eksterritorial tarzda körsatiladi. Yaʼni, uşbu FHDYo organlari (FHDYo arxivi) tomonidan körsatiladigan xizmatlarni röyxatga olingan (propiska qöyilgan) hamda yaşaş manzilingizdan qatʼiy nazar istalgan DXMdan oliş imkoni yaratilgan.
Davlat xizmatlari markazi xizmatlaridan foydalaniş uçun markaz xodimi murojaatçi nomidan sörovnoma töldiradi va sörovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
• pasport yoki şaxsini tasdiqlovçi boşqa hujjat nusxasi;
• ariza beruvçi işonçnoma asosida harakat qilayotganda – işonçnoma
nusxasi;
• ariza beruvçining marhumga qarindoşligini tasdiqlovçi hujjatlari;
• ariza beruvçi vasiyatnomaga asosan merosxör bölganda — vasiyatnoma;
• marhumning ölimi haqida guvohnoma nusxalari, ariza beruvçi qonuniy vakil bölsa – uni tasdiqlovçi hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Ariza beruvçi taqdim etgan hujjatlar nusxalari Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan ularning asl nusxalaridan olinadi. Xizmat körsatganlik uçun eng kam oylik iş haqining 5 foizi miqdorida yiğim undiriladi.
Axmedov Oybek Erkinboy öğli
Tuman Davlat xizmatlari
markazi boş mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶