25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:15
Jamiyat 👁 584

Saylovlarga tayyorgarlik jadal surʼatlarda olib borilmoqda

Saylovlarga tayyorgarlik jadal surʼatlarda olib borilmoqda

Mamlakatimizda joriy yilning 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarga tayyorgarlik ishlari ayni paytda yanada qizgʻin tusga kirdi. Chunki, ushbu muhim siyosiy jarayonga sanoqli kunlar qoldi.

Tuman hududida tashkil etilgan saylov komissiyalari qonuniylik, oshkoralik va adolatlilik printsiplariga qatʼiy amal qilgan holda oʻz faoliyatlarini olib borishmoqda. Shuningdek, saylovni milliy qonunlarimiz, boy tajribamiz va umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar talablariga mos ravishda yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida tayyorgarlik ishlari jadal surʼatlarda davom ettirishmoqda.

Saylovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 16-sonli maktab binosida joylashgan 81-saylov uchastkasi ham jihozlanib, tayyor holatga keltirildi. Ushbu saylov uchastkasi hududida saylash huquqiga ega boʻlgan 2420 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

Saylov uchastkasida xarita, saylov komissiyalari toʻgʻrisidagi axborot va boshqa zarur maʼlumotlardan iborat bannerlar oʻrnatildi. Uchastka xonalari qonunchilikda belgilangan talablar asosida jihozlandi. Shuningdek, zarur texnika vositalari – telefon, faks, nusxa koʻchirish apparati va tegishli adabiyotlar bilan taʼminlandi. Saylov qonunchiligiga oid maʼlumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi targʻibot vositalari koʻrinarli joyga osib qoʻyildi. Ovoz berish kabinalari, statsionar va koʻchma saylov qutilari ham keltirilib, xonalarga joylashtirildi.

Saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida uchastka saylov komissiyasi aʼzolari oʻz faoliyatini bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va tuman saylov komissiyasining koʻrsatmalari, topshiriqlari asosida amalga oshirishmoqda. Uchastka saylov komissiyasi raisi Ravshan Oʻrozboyeva, rais oʻrinbosari Nilufar Xolboyeva hamda kotib Nasiba Hayitmurodovalar komissiya aʼzolari bilan hamkorlikda targʻibot va tashviqot ishlarini qizgʻin tarzda tashkil etishmoqda.

Ayni paytda uchastkada belgilangan navbatchilik jadvali asosida masʼullar tashrif buyurayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Shuningdek, komissiya aʼzolaridan Maryam Ahmedova, Xayrulla Gulmonov, Dildor Oʻrozaliyeva, Nargiza Qurbonboyevalar saylovchilarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtirib, roʻyxatdagi noaniqliklar haqidagi arizalarni qabul qilishmoqda. Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda qatnashish imkoniyati boʻlmagan saylovchilardan komissiya aʼzolari Dinora Qoʻchqorova, Oʻtkir Bobojonov, Bozorboy Xolimbetov, Muqaddas Xoʻjaniyozovalar saylov konvertlarini qabul qilib, tegishli oʻzgartishlar kiritish masalasini hal qilishmoqda. Undan tashqari, hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan ham fuqarolarni qiziqtirgan savollarga toʻliq va batafsil javoblar berilmoqda.

Uchastkaga tashrif buyurayotgan fuqarolarga, ayniqsa, birinchi marta ovoz beradiganlar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda yoshlarga yangi Saylov kodeksining mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, huquqiy bilimlari oshirilmoqda. Oʻtkazilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari davomida har bir fuqaro saylovlarda faol ishtirok etishga daʼvat etilmoqda va ularda daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026