Prokuratura masʼullari sayyor qabul ötkazdi
Tumanda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça 2-sektor rahbari tomonidan Xolimbeg ovuli va Ayoqçi mahallasi hududida yaşovçi fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor qabul ötkazildi.
Sayyor qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori örinbosari Sirojiddin Fayziyev, tuman prokurori Javlon Muftullayev hamda tumandagi korxona-taşkilotlar mutasaddilari iştirok etdilar.
Dastlab Xolimbeg ovulida bölib ötgan qabulda Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori örinbosari Sirojiddin Fayziyev va boşqa masʼullar yurtimizda, qolaversa, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlar haqida söz yuritdi. Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxşilaş hamda osoyiştalik, tinçlik barqaror bölişiga nafaqat huquqni muhofaza qiluvçi organlar, balki barçamiz eʼtiborli bölişimiz kerakligini, qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş, isitiş moslamalaridan ehtiyotkorona foydalaniş lozimligi taʼkidlandi.
Şuningdek, sektorlar kesimida fuqarolarning turmuşida uçrayotgan muammolarni bartaraf etiş çoralarini köriş bugungi kunda muhim vazifaga aylangani aytib ötildi.
Sayyor qabulda Xolimbeg ovuli hududida yaşovçi fuqarolardan Islombek Baymanov, Tozaboy Ahmedov, Bazarbay Iskandarov, Çavdur Mahmudov, Amin Bobojonov va boşqalar elektr taʼminotida muammolar mavjudligi, tuman markaziga olib boruvçi yöllar taʼmirlanişga muhtojligini, suyultirilgan gaz ballonlari yetişmayotganligini, kömir yetkazilişida, uy-joy quriş uçun yer maydoni ajratilişida muammolar bölayotganini aytib murojaat qildilar. Şuningdek, ovul fuqarosi Ziyodboy Tangirberganov uşbu hududda faoliyat yuritgan, keyinçalik faoliyati tugatilgan qişloq vraçlik punktining qayta oçilişida kömak berişni sörab, aholi uçun qulaylik yaratiş kerakligini aytdi.
Undan taşqari, fuqaro Alişer Tursunov hozirda onasi nogiron ekanligini, unga nogironlik aravaçasini olişga, Muhabbat Jumaniyozova esa kasal qizini davolatişga amaliy yordam kerakligini aytib, murojaat qildilar.
Ayoqçi mahallasida davom ettirilgan sayyor qabulda ham fuqarolar hududda aholini qiynayotgan elektr energiyasi va kömir yetkazilişi borasidagi muammolarni bartaraf qilişda amaliy yordam sörab murojaat qildilar. Şuningdek, fuqarolar yiğini faollari çegara hududida joylaşgan transformatorni mahalla markaziga köçirilişi kerakligini, 69-sonli umumtaʼlim maktabi uçun qöşimça bino qurişga ehtiyoj borligini taʼkidladilar.
Ovulda yaşovçi fuqaro Rajab Ötamurodov kasal bölganligi sababli markazlardagi kasalxonada davolaniş uçun yöllanma olişda, fuqaro Hamdam Rajabov esa turmuş örtoğiga Özbekiston Respublikasi fuqaroligini olişda amaliy yordam sörab murojaat qildi. Sayyor qabul davomida kelib tuşgan murojaatlarning aksariyati mutaxassislarni jalb qilgan holda joyida hal etildi. Muddat va mablağ talab etiladigan muammolar esa tegişli tartibda tumandagi tegişli idora-taşkilotlar masʼullariga örganib, hal qiliş uçun topşirildi. Şuningdek, murojaatlarning maʼlum qismi yöl xaritalariga kiritiş uçun belgilab olindi.
Sayyor qabul davomida kelib tuşgan murojaatlarga yeçim topiş, ularni bartaraf etiş va aholiga qulaylik yaratiş maqsadida 2-sektor masʼullari tomonidan tegişli çora-tadbirlar körildi. Jumladan, sayyor qabul davomida bildirilgan murojaatlar asosida qisqa vaqt içida Xolimbeg ovuli va Ayoqçi mahallasining har biriga 8 tonnadan kömir, 6 nafar fuqaroga gaz ballonlari yetkazib berilişi taʼminlandi. Xolimbeg ovuli va Ayoqçi mahallasi aholisi muammolar hal etilganidan mamnun böldilar.
Ozoda XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶