Xolimbeg ovuli va Ayoqçi mahallasi aholisiga kömir va gaz ballonlari yetkazib berildi
Bugungi kunda xalq murojaatini tinglaş, aholi muammolarini joyida hal qiliş, ularning xotirjam va farovon yaşaşlari uçun qulay şaroit yaratiş muhim vazifaga aylandi. Prezidentimizning bu boradagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyatini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori talablari ijrosini taʼminlaş yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori örinbosari Sirojiddin Fayziyev va tuman prokurori Javlon Muftullayevlar tomonidan Xolimbeg ovuli va Ayoqçi mahallalarida sayyor qabullar ötkazilgan edi.
Mazkur sayyor qabulda şu hududda yaşovçi fuqarolarning turli xil mazmundagi murojaatlari tinglandi. Aholi asosan kömir mahsulotlari öz vaqtida yetkazib berilmayotganligi, gaz ballonlari yetişmayotganligi hamda elektr taʼminotini yaxşilaş, transformatorlarni almaştiriş, tuman markaziga olib boruvçi, içki qatnov yöllarini taʼmirlaş böyiça muammolar mavjudligini gapirdi.
Sayyor qabul davomida kelib tuşgan murojaatlarga yeçim topiş, mavjud muammolarni bartaraf etiş va aholiga qulaylik yaratiş maqsadida 2-sektor masʼullari tomonidan tegişli çora-tadbirlar körildi. Şuningdek, ijrosi nazoratga olinib, Xolimbeg ovuliga 8 tonna kömir, 6 nafar fuqaroga gaz ballonlari va Ayoqçi mahallasiga ham 8 tonna kömir yetkazib berilişi taʼminlandi.
Xolimbeg ovuli va Ayoqçi mahallasi aholisi muammolar hal etilganidan nihoyatda mamnun böldilar.
Xurşid Allaniyazov,
2-sektor kotibi 3-darajali yurist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶