TÖYLAR, MAʼRAKALAR – MAʼNAVIYaTIMIZ KÖZGUSI
Töy! Bu farzand dunyoga kelganidan boşlab ota - onaning u haqdagi orzu - armonlarining ijobati , desak adaşmagan bölamiz.Farzandini odobli, bilimdon, soğlom va barkamol qilib voyaga yetkazişni, töylarini, yaxşi kunlarini körişni orzu qilmaydigan, şu niyatda yelib yugurmaydigan ota - ona bormikan?
Afsuski keyingi yillarda buningdek pok orzular ijobati – töylarni ayrim maʼnaviyatsiz fuqarolar boyligini köz - köz qiliş minbariga aylantirib yubordilar. Uzatilayotgan qizning sepiga, yigit tarafning bergan qaliniga qarab, töyning qaysi töyxonada, qaysi xonanda iştirokida ötkazilişiga qarab, qança odam va kimlar qatnaşganiga qarab ota-onalar himmatiga baho beriladigan böldi. Baʼzilar qurbi yetmasa-da , eldan kam bölmasin, bolalarim öksimasin, deb qarzga botib qolişmoqda.
Endilikda turmuş osoyiştaligiga va jamiyatimiz ravnaqiga salbiy taʼsir körsatayotgan buningdek illatlarga barham beriş maqsadida şu yil 14-sentyabrda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati “Töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida” qöşma qaror qabul qilgan edi. Uşbu qarorga muvofiq qabul qilingan Nizomda töylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ötkaziş tartibi, uşbu qoidalarga böysunmaganlarga qöllaniladigan çoralar belgilab berilgan. Bu tartib 2020-yil 1-yanvardan amal qila boşlaydi.
Töy - marosimlarni ötkazişdagi kamçiliklarga barham beriş, bu borada qabul qilingan qöşma qaror va Nizom mazmun- mohiyatini aholi orasida keng tarğib qiliş maqsadida tumanimizda tuzilgan işçi guruh har bir mahalla va ovulda yiğilişlar ötkazmoqda. Buningdek tadbirlarga mahalla va ovullar oqsoqollari, köçaboşçilari, şuningdek elda obrö - eʼtiborli kişilar , hoji otalar, hoji onalar taklif etilib, ularning hayotiy tajribalari, xulosalari asosida aholiga qaror va nizom talablari keng tuşuntirilmoqda.
Şunday yiğiliş 27-noyabr kuni tumanimizning Namuna va Toryop mahallalarida ham ötkazildi. Tarğibot tadbirida işçi guruh aʼzolari - Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisi örinbosari Madamin Kazakov, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Bekmon Allaberganov, “Oila” markazi tuman bölimi rahbari Gulşod Yusupovalar qatnaşdilar va kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruza qildilar.
Töylar va maʼrakalarni tartibga soliş yuzasidan ötkazilgan yiğilişlarda aholi ham faol öz fikrlarini bildirdilar va bu borada qabul qilingan qöşma qaror, Nizomni qizğin qöllab- quvvatlaşini taʼkidladilar. Çunki töylar, oilaviy tantanalar va maʼrakalar xalqimiz hayotining közgusidir.Bu közguga ayrim milliy urf - odatlarimizga bepisand qaraydigan, dabdabali töylar orqali obrö orttirişga uringanlar endi rahna sololmaydilar.
O. RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶