XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP ÖTKAZILDI (+Video)
1992-yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida eʼlon qilindi. Şundan buyon mazkur sana dunyo böylab nişonlab kelinadi.
Mamlakatimizda nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy himoya qiliş, ularga zarur şaroitlar yaratiş va ular uçun teng imkoniyatlarni taʼminlaş böyiça katta işlar amalga oşirilmoqda.
Uşbu sana yurtimizning barça hududlarida keng nişonlanadi. Şu kuni xasta, boquvçisini yöqotgan, yolğiz kişilar holidan xabar olinadi. Ularga homiy taşkilotlarning dori-darmonlari, tibbiy vositalar, tayanç-ortopediya moslamalaridan iborat sovğalari topşiriladi. Turli tadbirlar, xayriya marafonlari, kontsertlar, badiiy körgazmalar taşkil etiladi.
Şunday tadbirlardan biri 3-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi “Bek” töyxonasida bölib ötdi. Bayram tadbiriga töyxona maʼmuriyati homiylik qildi. Tadbirda tumandagi nogironlar jamiyati aʼzolari, közi ojizlar jamiyati aʼzolari iştirok etdi.
Şu örinda aytiş kerakki, 3-dekabr kuni dunyo böylab Xalqaro nogironlar kunining ötkazilişi nogironlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi iştirokidan yuzaga kelgan muammolarga jamoatçilik eʼtiborini jalb qiliş, nogironligi bölgan şaxslar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilişga qaratilgan.
Bu kun aholining kömakka muhtoj qatlami, imkoniyati çeklangan insonlarga moddiy va maʼnaviy yordam beriş, ular jamiyatda öz örnini topişi uçun kömaklaşişga çorlaş, bir-birimizga mehr-muruvvat körsatişga undaş ramzi sifatida nişonlanib kelinadi.
Şu maqsadda taşkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, hokimlik masʼullari va jamoat taşkilotlari rahbarlari iştirok etdi. Tuman hokimi nogironligi bölgan yurtdoşlarimiz bilan samimiy suhbat qurib, ularga bayram sovğalari ulaşdi.
Yurtimizda nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş hamda ularni moddiy taʼminlaş maqsadida nogironlik nafaqalari beriladi. Aytiş joizki, tumanimizda joriy yil 1-dekabr holatiga jami nogironlik böyiça nafaqa oluvçilar soni 4 ming 29 nafar bölib, şundan bolalikdan nogiron bölgan ijtimoiy nafaqa oluvçilar 1 ming 753 nafarni taşkil qiladi.
Şuningdek, 1-guruh nogironlari 368 nafarni, 2-guruh nogironlari 1 ming 765 nafarni, 3-guruh nogironlari esa 143 nafarni taşkil etadi.
Tuman byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi xodimlari tuman böyiça yakka yolğizlar, yotib qolgan pensionerlar va 1-2-guruh nogironligi bölgan şaxslar röyxatlarini alohida şakllantirib, uşbu toifa faqarolarga nafaqa pullarini birinçi navbatda uylariga yetkazib berilişi yuzasidan Xalq baqnki bilan hamkorlikda işlar olib bormoqda.
Bayram tadbirida nogironligi bölgan şaxslarga tuman kasaba uyuşmalari kengaşi tomonidan ham qimmatbaho sovğalar berildi. Qolaversa, mamalakatimizda nogironligi bölgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida ajratilgan 5 ta nogironlik aravaçalari, 5 dona hassa, 5 ta eşitiş moslamalari öz egalariga topşirildi.
Bu kabi tadbirlar jamiyatda ezgulik, mehr-muruvvat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslarni ijtimoiy faol hayotga jalb qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlarning amaliy isbotidir.
Çaros APSLONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶