Yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer uçastkalari endilikda “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonçasida elektron auktsion orqali olinadi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining şu yilgi 63-son “Yer uçastkalari beriş va yakka tartibdagi uy-joy quriş uçun yer uçastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqini realizatsiya qilişning zamonaviy va şaffof mexanizmlarini joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer uçastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqini realizatsiya qiliş “E-IJRO AUKSION” yagona savdo maydonçasida elektron auktsionlar ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi.
Yakka tartibda uy-joy quriş uçun 0,04 gektargaça va uşbu hajm doirasidagi yer uçastkalari faqat halok bölgan harbiy xizmatçilar oilalariga, davlat va xususiy uy-joy fondidagi özlari egallab turgan uy-joyni tuman hokimliklariga ötkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga auktsionsiz beriladi. Yer uçastkasini beriş böyiça imtiyozlar bir oilaga bir marta beriladi va oilaning boşqa aʼzolariga tatbiq etilmaydi.
Yakka tartibda uy-joy quriş uçun yer uçastkasini oliş uçun tuman hokimligiga ariza beriladi. Şuningdek, auktsion iştirokçisi bitta yer uçastkasini bir yilda bir marta sotib oliş huquqiga ega böladi. Auktsionda iştirok etiş uçun zakalat yer uçastkasi minimal qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Agar buyurtmaçining şaxsiy hisob raqamidagi mavjud pul mablağlari yetarli bölmasa, auktsionda iştirok etiş uçun buyurtma qabul qilinmaydi.
Umumiy şartlariga köra auktsionlar ötkazilişi haqidagi xabarnomalar va lot haqidagi axborot kamida 30 kalendar kun oldin operatorning veb-portalida joylaştiriladi. Böş yer uçastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi auktsionga tuman hokimining qarorida körsatilgan yer uçastkasining eng past narxi böyiça qöyiladi. Elektron auktsion bölib ötmagan deb tan olinganda, yer uçastkasining eng past narxi böyiça takroriy auktsionga qöyiladi.
Operator auktsionni taşkil etiş xizmatlari uçun tegişli miqdorida haq oladi. Şuningdek, auktsion ikki va undan ortiq iştirokçi mavjud bölganda ötkaziladi. Tartibga köra, auktsion bir iş kuni mobaynida soat 9:00 dan soat 18:00 gaça bölib ötadi. Boşlanğiç narx sifatida auktsion obʼektining minimal qiymatiga teng narx belgilanadi.
Auktsionning qadami auktsion obʼekti minimal qiymatining beş foizini taşkil etadi. Şuningdek, iştirokçilardan lotni boşlanğiç narxdan bitta qadamga oşirilgan narxda sotib oliş böyiça taklifni tasdiqlaşni söraşdan boşlanadi. Agar taklif berilgandan keyin ön daqiqa davomida auktsion iştirokçilaridan biri belgilangan qadamga oşirilgan lot narxini tasdiqlasa, keyingi taklifni tasdiqlaş uçun vaqt yana ön daqiqaga uzaytiriladi. Lekin tasdiqlangan oxirgi taklifdan söng, ön daqiqa davomida keyingi oşirilgan lot narxi böyiça taklif auktsion iştirokçilarining birontasi tomonidan tasdiqlanmasa, auktsion natijalari haqidagi bayonnomani avtomatik tarzda şakllantirgan holda yakunlanadi. Lot narxi böyiça taklifni oxirgi tasdiqlagan iştirokçi auktsion ğolibi, deb hisoblanadi.
Auktsion iştirokçilariga navbatdagi stavkani dastlabki belgilangan qadamning 5, 10 yoki 20 baravari miqdorida mustaqil belgilaş imkoniyati beriladi. Agar lot narxini oşiriş böyiça taklifni oxirgi tasdiqlagan auktsion iştirokçisi buni elektron onlayn-auktsionni ötkaziş vaqti yakunlangunga ön daqiqadan kam qolganda amalga oşirgan bölsa, auktsionni ötkaziş vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boşlab, keyingi ön daqiqaga uzaytirilişiga imkon beriladi. Bunda elektron onlayn auktsionni ötkaziş vaqti 3 soatdan ortiq bölmagan muddatga uzaytirilişi mumkin va auktsion soat 21:00ga qadar yakunlanişi lozim. Lot narxi böyiça oxirgi taklifni soat 21:00 ga qadar bildirgan iştirokçi auktsion ğolibi hisoblanadi.
Tuman hokimi «E-IJRO AUKSION» orqali bayonnomani olgandan keyin beş iş kuni mobaynida auktsion ğolibiga yer uçastkasini ajratiş haqida qaror qabul qiladi.
A.Kutjanov, tuman Adliya bölimi
yetakçi maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶